So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

05 apr 13:06
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Xitoyda 42 metrli ko'rfaz ichiga kirib boruvchi ilk dengiz muzeyi ochildi

Teglar :  XitoyMuzey
Olti yillik rejalashtirish, loyihalashtirish va qurilish ishlaridan so'ng Xitoyning Tyanczin shahrida ilk milliy dengiz muzeyi ochildi.

Ahamiyatlisi, ushbu muzey 42 metrli ko'rfaz ichiga kirib boradi va mintaqaning o'tmishi, buguni va kelajagi haqida bayon qiladi.

Bino eng zamonaviy energiya tejaydigan tizimlar, jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyasi, yomg'ir suvini yig'ish va qayta ishlash texnologiyalari, geotermal isitish tizimi va boshqalar bilan jihozlangan.

Avstraliyaning “COX Architecture” studiyasida ijod qiladigan badiiy dizayner va memorlar tomonidan yaratilgan Xitoy Milliy dengiz muzeyi mamlakatning yirik port shahriga qo'shimcha ko'rk bag'ishlamoqda. Kompleksning etiborni tortuvchi, noodatiy konstrukciya va original dizayni 4 ta “qanot” va 2 ta konsoldan iborat bo'lib, ular go'yo ko'rfazning dengiz qirg'og'iga harakatlanayotgandek ko'rinadi.

Loyiha muallifining fikriga ko'ra, uch qavatli majmua 4 ta alohida obektlardan iborat bo'lib, ularning har biri turli xil suv mavzulariga bag'ishlangan: “qadimgi okean”, “okean bugun”, “sayohat va kashfiyotlar” va “ajdarho davri”. Ushbu zallarning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, tashrif buyuruvchilarga Xitoyning dengiz evolyuciyasini anglash va sharhlash uchun Evropa, Amerika va Osiyodagi voqealar bilan uzviy bog'liqdir. Uch qavatli Milliy dengiz muzeyi 80 ming kvadrat metr maydonni o'z ichiga oladi.

Ulkan majmuada oltita ko'rgazma maydonchalari va har biri bilan bog'langan 15 ta sanat zali yaratilgan. Bunday ulkan o'lchamlarni hisobga olsak, shunchaki asosiy tuzilmani (“skeletini”) yaratish uchun 17 ming tonna po'lat kerak bo'lib, majmuaning fasad kompleksi uchun jami 3,5 ming tonna shisha va 55 ming kv. metr alyuminiy sarflandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing