So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

04 iyu 17:15
Yangiliklar

Boshqalar

Xivada "Pahlavon Mahmud - Bahodirlar o'yini" musobaqasi boshlanmoqda + FOTO

4-5-iyun kunlari O'zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri Xivada “Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o'yini“ II Xalqaro turniri bo'lib o'tadi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Butunjahon strongmenlar federaciyasi (World Strongmen Federation, WSF) hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda. 

Turnir nafaqat yorqin sport tadbiri, balki ham ichki, ham tashqi  turizm rivojiga hissa qo'shuvchi voqea bo'lmoqda. shuningdek, pandemiyadan eng ko'p zarar ko'rgan turizm sektorini qayta tiklashda ham turnirning ahamiyati yuqori.

Xiva bunday musobaqani o'tkazish joyi sifatida bejiz tanlangani yo'q, bu qadimiy shahar XIII asrda Xorazmda tug'ilib, atoqli faylasuf, shoir, va polvon sifatida shuhrat qozongan afsonaviy shaxs – Paxlavon Mahmudning Vatanidir. Rivoyatlarda Paxlavon Mahmud umri davomida bor-yo'g'i bir jangda mag'lub bo'lgani keltiriladi. 


Turnirning Pahlavon Mahmud vatanida o'tkazilishi O'zbekistonning boy va serqirra madaniy merosi jahon miqyosida etirof etilishini ham anglatadi. Turnir Butunjahon strongmenlar federaciyasi bilan hamkorlikda o'tkaziladi. Xalqaro tadbir 2019 yilda ilk bor Xivada o'tkazilgan edi. 


Turnirga dunyoning 14 davlatidan, jumladan,  Braziliya, Yangi Zelandiya, Italiya, Ispaniya, Franciya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Eron, Hindiston, Polsha, Yaponiya, Tojikiston va O'zbekistondan 15 nafar eng kuchli sportchi ishtirok etmoqda. Yaniki, ularni ko'hna va hamisha navqiron Ichan Qala birlashtirmoqda. 


Ular 7 yo'nalish bo'yicha bellashadi. Turnir ishtirokchilarining Paxlavon Mahmud qabridan bosh darvoza oldidagi maydonga qadar yurib, ochilish marosimiga kelishadi. Marosimda nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida sportni rivojlantirish maqsadida paralimpiya chiqishlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston Bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish federaciyasi chiqishlari ham bo'lib o'tadi.


Turnir davomida sportchilar quyidagi musobaqalarda o'z kuchlarini sinab ko'rishadi: 

- og'ir qoplarni qo'qon aravaga ortish va uni malum masofaga olib borish; 

- og'irligi 120 dan 160 kilogrammgacha bo'lgan "Sangijumon" toshlarini ko'tarish;

 -obkachni kuch bilan ko'tarish; 

- lokomotiv tortish;

- langar tortish;

- Xiva ustunlarini ushlab turish;

- qilichlarni vertikal ushlash.

Taqdirlash marosimi esa O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri – A. Abduhakimov, Xorazm viloyati hokimi – F.Ermanov, Butunjahon Strongmen federaciyasi Prezidenti – R.Djuraev ishtirokida bo'lib o'tadi. 

Biroz avval musobaqa ishtirokchilari o'rtasida miting tashkil etildi. Endi navbat asosiy bahslarga!

Musobaqadan dastlabki fotogalereyani tomosha qiling. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing