So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

21 iyu 09:14
Yangiliklar

O'q otish

Xivada yosh merganlar bellashishdi FOTO

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Xorazm viloyati kubogining 3-bosqichida 2001 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar merganlik mahoratini namoyish etishdi. Xiva tumani o'quv sport texnika klubi(O'STK)ning o'q otish tirida o'tkazilgan mazkur musobaqada 17 ta jamoaning 70 nafar yosh sportchisi merganlik mahoratini sinovdan o'tkazdi.   

Hayojonli daqiqalarga boy kechgan musobaqa yakuniga ko'ra, pnevmatik miltiqdan o'q otish birinchiligining qizlar bellashuvida O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi viloyat bo'limi azosi Sara Sotipova g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

Urganch tumani O'STK jamoasi sportchilari SHahnoza Masharipova shohsupaning ikkinchi, Bekposhsha Otaboeva uchinchi pog'onasini egalladi. O'g'il bolalar bahsida Bog'ot tumanidagi “Ravon” O'STK jamoasi vakili Javohir Ro'zmetov g'olib chiqdi. Keyingi sovrinli o'rinlar   Urganch tumani jamoasidan Bekzod Ro'zmetov va O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasining viloyat bo'limi jamoasidan Diyorbek Ochilovga nasib etdi.

Pnevmatik to'pponchadan o'q otish mashqini bajarishda Iroda Otanazarova (Urganch tumani) zafar quchdi. SHukurjon Odamboeva (SHovot tumani O'STK) ikkinchi, Aziza Ismoilova (Urganch shahar O'STK) uchinchi o'rindan joy oldi. 

Ushbu yo'nalishning o'g'il bolalar birinchiligida shovotlik Nusrat Saparboev muvaffaqiyat qozondi. Hazorasplik Abduvohid Abdullaev, Xiva tumanining “Karvon” O'STK jamoasidan Xolbek Ollayorovlar sovrindor bo'lishdi. 

Endilikda, eng yaxshi natija ko'rsatgan xorazmlik yosh merganlar 26-30 iyun kunlari Andijon shahrida tashkil etiladigan O'zbekiston kubogining 3-bosqichida voha sharafini himoya qilishadi.

Bu musobaqaning ahamiyatli tomoni yana shunda bo'ldiki, Xivaga tashrif buyurgan sportchilar, ularning murabbiylari ichki turizm doirasida  qadimiy shaharning tarixiy obidalari va yodgorliklarini ham tomosha qilishdi. 

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing