So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

17 dek 09:42
Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash

Xokkaydo shahri zamonaviy beshkurashchilarimizni qabul qiladi

Malumki, o'zbekistonlik zamonaviy beshkurashchilar Tokio-2020 yo'lida ilk bor yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritishgan.

Ana endi O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi oldida licenziya olgan ikki nafar vakilimizni bo'lajak Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorlash vazifasi turibdi. Ayni shu masalalar yuzasidan O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi Bosh kotibi Kseniya Gulyamova Yaponiya Vazirlar Mahkamasining Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari bo'yicha departament rahbarining o'rinbosari Miki Kamura bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda “Mezbon shahar tashabbusi” dasturi muhokama qilindi. Mazkur dastur o'zida Tokio-2020 yo'lida sportchilarni qo'llab-quvvatlash va mehmondo'stlik g'oyalarini targ'ib qiladi. SHuningdek, uning doirasida millatlararo madaniyat almashinuvi, iqtisodiy hamkorlik masalalari ham ko'rib chiqiladi. 

Ayni paytgacha Yaponiyaning Nagoya, Maydzuru va Takasaki shaharlari Olimpiya o'yinlaridan avval o'zbek sportchilarini o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun qabul qilishlari borasida kelishuvga erishilgan edi. Mazkur uchrashuvdan so'ng ushbu shaharlar orasiga Xokkaydo ham qo'shildi. Bu erda beshkurashchilarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazib, Olimpiya o'yinlariga qadar mahalliy iqlimga moslashib olishadi.  Ushbu shahar ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha yirik musobaqalardan birini qabul qiladi va beshkurashchilarimiz shug'ullanishi uchun munosib joydir. 

Malumot uchun, ayni paytda zamonaviy beshkurash bo'yicha terma jamoamiz Kiprning Limassol shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda. Federaciya mutasaddilari esa sportchilarimizning Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorlanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga urinmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing