So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

17 fev 21:02
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Xokkey

Xokkey afsonalariga Toshkentdan zamonaviy xonadonlarining kalitlari topshirildi

Teglar :  XokkeyRossiya
Sir emaski, bugungi kunda xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholining turli qatlamlari orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga alohida etibor qaratib kelinmoqda.

SHu bilan birga professional sportdagi g'alabalarimiz salmog'ini oshirish ham ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Bu jarayonda nafaqat Olimpiya va milliy, balki qishki sport turlari, xususan xokkeyni yanada rivojlantirish va ommalashtirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda.

SHu maqsadda o'tgan yili ilk marotaba xokkey bo'yicha tarixiy birinchi O'zbekiston chempionati zo'r muvaffaqiyat bilan tashkil etildi. Toshkentda “Xumo Arena” ko'p tarmoqli muz saroyining barpo etilishi esa ushbu sport turi taraqqiyotida muhim jarayon bo'ldi. Joriy mavsumdan boshlab “Xumo” xokkey klubi Oliy xokkey ligasi bahslarida ishtirok etib kelmoqda. Garchi nufuzli musobaqada o'zining ilk mavsumini o'tkazayotgan bo'lishiga qaramay poytaxt jamoasi amalda muntazam chempionatning pley-off bosqichiga yo'llanmani naqd qilib qo'ydi.

“O'zbekiston Respublikasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori esa mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirishda yangi davrni boshlab beradi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Mazkur qarorning muhim bandlaridan biri – qishki sport turlari bo'yicha chet eldan taklif qilinayotgan mutaxassislarning xizmat uylari bilan taminlanishidir. Bu esa xorijlik malakali trener va mutaxassislarni yurtimizga jalb etishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Darvoqe, “Xumo Arena” ko'p tarmoqli muz saroyining ochilish marosimida ishtirok etgan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ushbu tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurishgan rossiyalik xokkey yulduzlariga poytaxtimizdan uy-joy berishni, toki “ular Toshkentga mehmon bo'lib emas, balki o'z uyiga kelgandek bo'lishsin”, degan taklifni bergandi.

SHu munosabat bilan bugun poytaxtimizdagi Dream City kompaniyasi ofisida tadbir o'tkazildi. Unga nafaqat rus, balki dunyo xokkey afsonalari ham taklif etilgandi. Tadbirda Toshkent shahar hokimining o'rinbosari SHarof Rahmonov ham ishtirok etdi va dastlabki uyning kalitini ikki karra Olimpiya chempioni, ko'p karra Evropa va jahon chempioni Aleksandr Yakushevga topshirdi.

So'ngra Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullaevich Nabiev ham so'zga chiqib, rus xokkeyi afsonalarini yana bir bora yurtimizda ko'rib turganidan mamnunligini takidladi. Qolaversa, bugungi marosimdan keyin bu xokkey yulduzlari yurtimizga tez-tez kelib turishi va o'z bilimlarini yoshlar bilan o'rtoqlashishi, bu esa mamlakatimizda xokkey sportining jadal rivojlanishiga xizmat qilishini aytib o'tdi. O'z navbatida Dilmurod Nabiev Olimpiya o'yinlari g'olibi, “Stenli kubogi” sohibi va uch karra jahon chempioni Valeriy Kamenskiyga yangi uyning kalitini taqdim etdi.

SHuningdek, tadbirda xokkey afsonalari Aleksey Jamnov va Vitaliy Proxorovlarga ham Toshkentdagi eng ko'rkam uylardan taqdim etildi. Marosimda so'zga chiqqan V.Kamenskiy bu ehtiromdan boshi ko'kka etgani va bunday voqea uning hayotida ilk marotaba kuzatilganini takidlab, buning uchun hukumatimizdan minnatdor ekanini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
18 fev 11:51:34
Сурхон Барлос
Ихтиёр foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу хоккей 4-5та одамдан ташкари хеч кимга керакмас. Русларга уй бергунча шунчалик пулинг ошиб кетган экан менга бермисанми уйларингдан. 20йилдан бери Тошкентта яшайман, 10йилдан бери ишлайман, лекин уй ололганим йук. Мени фойдам Узбекистонга шу урислардан кура купрок тегаётгандир. Ёки уйларни нархини тушир сал, узим сотиб ола олай. Хеее сенларни .......
подшох бўлсам биринчи қиладиган ишим сизга уй совға қилиш бўлади
+1   
17 fev 22:30:16
Ихтиёр
Шу хоккей 4-5та одамдан ташкари хеч кимга керакмас.
Русларга уй бергунча шунчалик пулинг ошиб кетган экан менга бермисанми уйларингдан. 20йилдан бери Тошкентта яшайман, 10йилдан бери ишлайман, лекин уй ололганим йук. Мени фойдам Узбекистонга шу урислардан кура купрок тегаётгандир. Ёки уйларни нархини тушир сал, узим сотиб ола олай.
Хеее сенларни .......
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing