So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

26 apr 10:53
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Xolifildning qulog'i yana xavf ostida. Tayson bilan trilogiya yaqinlashmoqda

Mayk Tayson 60 yoshli afsonani mag'lub etishga tayyor!

Buning uchun faqat arablarning puli kerak...

Mayk Tayson va Evander Xolifild o'rtasidagi buyuk qarama-qarshilik haqida kim eshitmagan? Xatto sportdan mutlaqo yiroq odamlar ham Amerikada bir bokschi boshqasining qulog'ini tishlaganini eshitgan. Boks muxlislari Xolfild Taysonni boshi bilan yo'llagan zarbalar sabab g'azablantirganini bilishadi, bu esa o'z navbatida tishlarning ishlatilishiga olib kelgandi. Biroq, ayyorlikdan tashqari, Evander ajoyib mahoratga ega edi, buning natijasida u Mayk bilan ikkala jangda ham g'alaba qozondi. Bu, albatta karerasi boshida bo'lgani kabi emas edi.

Ringdagi keskin mojaro Tayson va Xolifildning yana ko'p yillar davomida bir-birlari bilan gaplashmasligiga olib keldi. Biroq, 2009 yilda buyuk bokschilar yarashishdi va yaqinda Evanderning tishlangan quloqlari ko'rinishidagi kannabis konfetlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishdi. Ammo do'stona munosabatlar ikki taniqli faxriyning uchinchi jang haqidagi umidlariga to'sqinlik qilmaydi. Undan tashqari, bu jang keksalikda qo'shimcha pul topishning ajoyib usuli.

Bir yil avval jang albatta bo'lib o'tadigandek tuyulardi, ammo moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli uchrashuvni bekor qilishga to'g'ri keldi. Promouterlar Taysonni gonorarni o'zlashtirganlikda ayblashdi va hammasi barbod bo'ldi. Ammo kechagina Temir Mayk Evanderni mag'lub etishga tayyor ekanligiga shama qildi: "Men bu jang bo'lishini xohlardim, Saudiya Arabistonidagilar ham buni istashadi. Bilmayman... Meni ishontirish mumkin. Men bazi odamlar bilan gaplashishim kerak. Rostdan ham pul  to'lashga tayyor odamlarni ko'rganimda, boshim yaxshi ishlay boshlaydi".

Bu trilogiyani ko'plab boks muxlislari ko'rishni xohlaydi! Zero, ikkala faxriy ham yaxshi sport formasida: 56 yoshli Tayson tinimsiz mashg'ulot o'tkazmoqda va bir necha yil oldin Roy Jons bilan munosib ko'rgazmali jang o'tkazgan, 60 yoshli Xolifild ham yaqinda ringga chiqdi. Faqat hozir Evander u erda ikki daqiqadan ortiq tura olmadi va sobiq MMA superyulduzi Vitor Belfortning zarbalaridan so'ng nokautga uchradi.

So'nggi natijalarga ko'ra, Taysonning imkoniyatlari Xolifildnikidan yaxshiroq ko'rinadi. Va umuman olganda, Mayk o'zining potencial raqibiga qaraganda tezlik va reflekslarni ko'proq saqlab qolgan degan fikr bor. Taysonda afsonaviy trilogiyani g'alaba bilan yakunlash va xatto Xolifildni nokautga uchratish uchun ajoyib imkoniyat bor. Bu arab shayxlariga bog'liq, ular faxriylarga katta miqdorda gonorar taklif qilishlari shart.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing