So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

30 dek 09:27
Yangiliklar

Boshqalar

Xonobodda Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi

Andijon viloyatining Xonobod shahri Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha biryo'la ikki musobaqaga mezbonlik qildi.

Deyarli barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan 300 nafarga yaqin polvonlar O'zbekiston kubogi hamda murabbiylar A.Valiev, M.Gafarov, SH.Najmiddinov, T.Odiljonov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada o'zaro bellashishdi. 

Bahodirlar o'yinlarining kattalar o'rtasidagi musobaqasida Avaz Haydarov (Toshkent) g'olib bo'ldi. Bekzod Xudoyqulov (Farg'ona) ikkinchi, Bahodir Yo'lchiev (Sirdaryo) esa uchinchi sovrinli o'rinni egalladi. 

Yoshlar o'rtasidagi bahslarda kutilganidek, xonobodlik Nuriddin Ergashev g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi. Ahror Mamajonov (Qo'qon) ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Toshkent shahri vakili Asadbek O'zgenbaev yakun yasab berdi. 

O'zbekiston Kubogining tosh ko'tarish bahslarida S.Ergashev (Toshkent shahri, 60 kg), M.Qurbonov (Toshkent viloyati, 70 kg) N.Mirzaev (65 kg), SH.Ergashev (Toshkent, 75 kg), N.Oxunjonov (Toshkent, 80 kg), J.Qurbonov (Sirdaryo, 90 kg), I.Hokimjonov (Sirdaryo, +90kg).

Ushbu yo'nalishning qizlar o'rtasidagi bellashuvlarida Nafisa Abdullajonova (Xo'jabod, 60 kg), Gulmira Ibrohimova (Sirdaryo, 70 kg), Nigora O'zgenova (Xo'jabod, +70 kg) mamlakat kubogi sohibi bo'ldi. 

SHuningdek, imkoniyati cheklanganlar o'rtasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda Javohir Ahmedov (Xonobod, 60 kg), Kamron SHokirjonov (Xonobod, 70 kg), Muxtorjon Yo'ldoshev (80 kg), Ashrov Umarov (Buxoro, +80 kg) o'z vazn toifalarida g'olibga aylanishdi. 

Bundan tashqari, musobaqa doirasida O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasining Konfrenciyasi ham bo'lib o'tdi. Unda federaciya raisi Vohiddin Najmiddinov, raisning birinchi o'rinbosari N. Muratov, rais o'rinbosarlari I.Nasriev, M.Tojibaev, S.Muratov, bosh kotib Q.Arzibaev bir ovozdan o'z lavozimlariga qayta saylanishdi. Bosh murabbiy Lochin Husanov, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Nuriddin Ergashev, shuningdek, federaciya ijrochi direktori SH.Ergashev ham o'z vazifalarini davom ettiradigan bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing