So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

11 iyu 14:46
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

XOQ Pekin-2022 Tashkiliy qo'mitasining faoliyatiga yuqori baho berdi

Teglar :  XOQPekin-2022
Xalqaro Olimpiya qo'mitasining Muvofiqlashtiruvchi komissiyasi 2022 yil Pekinda o'tkaziladigan qishki Olimpiya o'yinlari Tashkiliy qo'mitasi bilan videokonferenciya o'tkazdi.

Unda komissiya azolari tashkiliy qo'mita koronavirus pandemiyasi sharoitlarida erishgan natijalarini yuqori baholadi.

Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning raisi kichik Xuan Antonio Samaranch Pekin-2022 Tashkiliy qo'mitasi tomonidan erishilgan natijalar uchun Xitoy tomoniga minnatdorchilik bildirdi. Tashkiliy qo'mita koronavirus inqirozi sharoitlarida faoliyatini davom ettirishga qanday moslashganligini hamda qator istiqbolli loyihalar to'g'risidagi yangilangan malumotlarni taqdim etdi.

Videokonferenciyada, shuningdek, xalqaro sport federaciyalari va Butunjahon parasport vakillari ham ishtirok etdilar. Muloqotda Olimpiya o'yinlari obektlaridan biri – Pekindagi «Ice Jar» yopiq mashg'ulot markazida olib borilayotgan ishlar to'g'risida hisobot berildi. SHu yil may oyida qurib bitkazilgan inshootda kerling va short-trek uchun xalqaro standartga ega muz saroyi bor. Ushbu obektda Xitoyning konkida uchish va figurali uchish bo'yicha sportchilari mashqlarini o'tkazadi.

Pekin-2022 Tashkiliy qo'mitasi Yancindagi Milliy tog' chang'i markazi va Olimpiya qishlog'ining shu yil oxiriga borib qurib bitkazilishini malum qildi. Mamlakatda qishki sport turlari bilan shug'ullanishga 300 million kishini jalb qilish maqsadida “Pekin-2022” dasturi doirasida maktab o'quvchilarining Milliy tog' chang'i markaziga tashriflari uyushtiriladi.

Qolaversa, onlayn uchrashuvda ko'ngillilarni jalb etish bo'yicha erishilgan natijalar ham muhokama qilindi. Tashkiliy qo'mita vakillari homiylik, ko'ngillilar va qishki Olimpiya o'yinlari bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish uchun 800 mingdan ko'proq buyurtma olganliklarini malum qilishdi.

O'yinlarning tantanali ochilish marosimi 2022 yil 4 fevralda bo'lib o'tadi. Mazkur qishki Olimpiya o'yinlarining bahslari uchta asosiy klaster – Pekinning o'zi, Yancin va CHjanczyakouda o'tkaziladi. SHu tariqa Pekin ham yozgi, ham qishki Olimpiya o'yinlari mezboni bo'ladigan jahonda birinchi shaharga aylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing