So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

13 sen 15:50
Yangiliklar

Boshqalar

XOQ yangi sertifikat joriy qildi

Teglar :  Tomas BaxXOQ
Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) Ijroiya qo'mitasi sportda xavfsizlik bo'yicha mutaxassis xalqaro sertifikatini tasis etdi.

Sertifikatni olish uchun kurs mashg'ulotlari 1 yildan so'ng boshlanadi. Hozirgi paytgacha xalqaro darajada sportda xavfsizlik xizmati xodimlarini tayyorlash yo'lga qo'yilmagan edi.

Besh oyga mo'ljallangan talim kursi xalqaro ekspertlar maslahat kengashi tomonidan ishlab chiqilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun kun tartibi bilan kelishilinadi.

Sertifikatni olish uchun kurs tugallanganidan keyin yakuniy imtihon topshirish kerak bo'ladi.

Kurs asosan xalqaro va milliy sport federaciyalari hamda Milliy Olimpiya qo'mitalari uchun mo'ljallangan. Kursga ro'yxatdan o'tish pulli bo'ladi. Milliy Olimpiya qo'mitalari tomonidan tavsiya etiladigan nomzodlar kursga yozilish uchun Olimpiya birdamligi stipendiyasini olishga buyurtma bera oladi.

“Sportchilarning xavfsizligi va farovonligi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi va Olimpiya harakati uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Biz sportchilarning xavfsizligini taminlash uchun barcha choralarni ko'rishimiz kerak. Ushbu sertifikatni olish tashabbusini boshlaganimizdan mamnunman. Bu mazkur sohadan xabardorlikni oshirish va sportchilarning farovonligiga yo'naltirilgan”, – dedi XOQ prezidenti Tomas Bax.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing