So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

14 okt 20:28
Yangiliklar

Tadbirlar

Xorazm viloyatida Sport haftaligi boshlandi

Sport haftaligi doirasidagi ilk ommaviy tadbirlar Xiva shahrida start oldi.

Mazkur haftalik doirasida barcha hududlarda ommaviy badantarbiya mashqlari, «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» loyihasi, «Milliy sport o'yinlari festivali», «Hokim kubogi» musobaqalari, velomarafonlar, «Xotin-qizlar spartakiadasi» kabi 40dan ortiq ommaviy sport tadbirlari tashkil qilish rejalashtirilgan.

Sport haftaligi doirasidagi ilk ommaviy tadbirlar Xiva shahrida start oldi. Unda qadim va navqiron Xiva shahridagi tashkilot va muassasalar xodimlari va keng jamoatchilik ishtirokida ertalabki badantarbiya mashqlari hamda «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» loyihalari tashkil qilindi. Kun davomida sportning o'yin turlari bo'yicha «Hokim kubogi» musobaqalari ham tashkil etildi.

Haftalik doirasida Gurlan va Xonqa tumanlarida mahalla yoshlari hamda tashkilot muassasalarining xodimlari ishtirokida mini-futbol bo'yicha «Hokim kubogi» musobaqalari tashkil qilindi. Unda 200 nafardan ortiq o'smir-yoshlar va tashkilot xodimlari g'oliblik uchun o'zaro bahs olib bordi. Musobaqaning g'olib va sovrindorlari tuman hokimligining diplom, medal, esdalik sovg'alari va kubok bilan taqdirlandi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi ommaviy sport tadbirlari aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va aholi salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing