So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

16 dek 08:03
Yangiliklar

Regbi

Xorazmda regbi bo'yicha seminar o'tkazildi FOTOGALEREYA

Teglar :  RegbiUrganchXorazm
Regbi - mamlakatimizda jadallik bilan rivojlanib borayotgan jamoaviy sport turlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu sport turini aholining keng qatlamlari orasida targ'ib qilish va ommaviyligini yanada oshirish, buning barobarida tayyorgarlik jarayonlarini talab darajasida o'tkazilishini taminlash, mahoratli sportchilarni tayyorlash va malakasini oshirish  uchun etarli shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish yo'lida islohotlar olib borilmoqda. 

Albatta, bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori dasturilamal vazifasini o'tayotir. Joylarda ushbu qarorni hayotga tadbiq etish maqsadida ibratli ishlar amalga oshirilyapti. 

Xususan, joriy yilning 9-15 dekabr kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida o'quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi. 

SHimoli-G'arbiy harbiy okrugi, Xorazm viloyati hokimligi, shuningdek, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston regbi federaciyasi va uning viloyat hududiy bo'limi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan seminarda 400 nafardan ziyod regbichi va murabbiylar nazariy va amaliy bilimlarini boyitishdi, tajriba va malakalarini yuksaltirishdi.

Mashg'ulotlarni O'zbekiston regbi federaciyasi ijrochi direktori Rustam Nabiev olib bordi. Qoraqalpog'istonlik mutaxassislar - Anton Mixaylov, Ernazar Maxambetkarimov, Jetker Bazarov va Abdusaid Kiyasovlar assistentlik qilishdi.

Uyushtirilgan o'quv-mashg'ulot jarayonlari xorazmlik regbichilar uchun foydadan holi bo'lmadi. Binobarin, seminar yakunida tashkil etilgan “Regbi-7” va “Regbi-15” bo'yicha o'yinlar Xorazm viloyati terma jamoasiga nomzodlarni saralab olish imkonini ham berdi. 

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing