So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

21 fev 07:02
Yangiliklar

O'q otish

Xorazmda sara merganlar saralandi + FOTO

Teglar :  O'q otishXorazm
O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan Urganch tumani o'quv sport texnika klubining o'q otish tirida 2003 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar o'rtasida pnevmatik quroldan o'q otish sporti bo'yicha Xorazm viloyati kubogining birinchi bosqichi uyushtirildi.

Mazkur musobaqada vohaning 17 ta jamoasidan 70 nafarga yaqin o'g'il-qiz merganlik mahoratini namoyish etdi. 

Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, quyidagilar shohsupadan o'rin olishdi:

Pnevmatik miltiqdan o'q otish birinchiligi

Qizlar. 1-o'rin. Sevara Abdullaeva (SHovot tumani O'STK). 2-o'rin. Nidufar Yuldasheva (Bog'ot tumani O'STK). 3-o'rin. Kumushoy Rajabova (Urganch tumani O'STK).

O'g'illar. 1-o'rin. Diyorbek Ochilov (VTASTM). 2-o'rin. SHahzod Saparboev (Qo'shko'pir tumani O'STK). 3-o'rin. Temurbek Abdullaev (Urganch tumani O'STK).

Pnevmatik to'pponchadan o'q otish birinchiligi

Qizlar: 1-o'rin. Risolat Qurbonova (Urganch tumani O'STK). 2-o'rin. SHukurjon Adamboeva (SHovot tumani O'STK). 3-o'rin. Laylo Sultonova (Bog'ot tumani O'STK)

O'g'illar: 1-o'rin. SHohruh Yusufboev (Urganch tumani O'STK). 2-o'rin. Xolbek Allayarov (Xiva tumani O'STK). 3-o'rin. Bekzod Komilov (SHovot tumani O'STK)

Umumjamoa hisobida Urganch tumani o'quv sport texnika klub jamoasi shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarildi. SHovot tumani  o'quv sport texnika klubi ikkinchi, Bog'ot tumani o'quv sport texnika klubining yosh merganlari uchinchi o'rinni band etishdi.

Musobaqaning yopilish marosimida O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi raisi Davronbek Ibragimov, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimovlar qatnashib, g'olib va sovrindor sportchilarni erishgan yutuqlari bilan qutlashdi. Ularni tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirlashdi.

Mazkur musobaqa doirasida pnevmatik to'pponcha va miltiqlar, sport velosipedlari va motocikllar, karting va parashyut sporti anjomlari ko'rgazmasi ham tashkil etildi. O'z navbatida ushbu ko'rgazmadan yaqin atrofdagi talim muassasalari o'quvchilari, sportning texnik va amaliy turlariga qiziquvchan ko'plab yoshlar bahramand bo'lishdi, soha mutaxassislaridan kerakli malumotlar olishdi. 

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing