So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

25 noy 13:19
Yangiliklar

O'q otish

Xorazmda “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topgan kun nishonlandi

Mamlakatimizda O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar tashkiloti tashkil topganligining 28 yilligi keng nishonlandi.

Binobarin, ushbu tashkilot yurtimizda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga munosib ulushini qo'shib kelayotir. Joylarda ushbu sana munosabati bilan ko'plab tadbirlar o'tkazildi. 

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazining ishchi-xodimlari o'rtasida ham pnevmatik miltiqdan o'q otish sporti bo'yicha uyushtirilgan musobaqa ham ana shular sirasidan, albatta. 

O'tkazilgan bellashuvlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi, ularga bayramona kayfiyat ham ulashdi. Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, ayollar o'rtasidagi birinchilikda ombor mudiri Xosiyat Rahmatullaeva eng ko'p ochko to'plab, shohsupaning eng yuqori pog'onasini band etdi. 

Erkaklar o'rtasida kechgan musobaqada haydovchilik bo'yicha amaliy mashg'ulot o'rgatuvchi usta Rustam Kenjaev raqiblariga nisbatan ancha mohir mergan ekanligini isbotladi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari:

Ayollar

1. Xosiyat Rahmutullaeva (ombor mudiri) 

2. Dilafruz Matyoqubova (bosh hisobchi)

3. Mardona Salaeva(tibbiyot xodimi)

Erkaklar

1. Rustam Kenjaev                                            

2. Ollayor Qurbonov

3. Umirbek Matkarimov (uchalasi ham haydovchilik bo'yicha amaliy mashg'ulot o'rgatuvchi usta)

Musobaqada eng yaxshi ko'rsatkichga erishgan ishchi-xodimlar musobaqa tashkilotchisi - Xorazm VTAST markazi tomonidan taqdirlandilar.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing