So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

15 dek 11:56
Yangiliklar

Gandbol

Xorazmlik gandbolchi qizlar O'zbekiston chempioni FOTOGALEREYA

Teglar :  GandbolO'zbekiston
9-14 dekabr kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida U-17 va undan kichik yoshdagi qizlar o'rtasida gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2021 yilgi taqvim rejasiga asosan, O'zbekiston gandbol federaciyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Navoiy, Jizzax, Andijon viloyatlari hamda Urganch olimpiya zaxiralari kolleji jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqada asosi Urganch tumanidagi 19-son umumtalim maktabining o'quvchilari, xususan, SO'EAIBO'SM tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan Xorazm viloyati jamoasi 2021 yilgi O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'ldi. 

SHohsupaning ikkinchi pog'onasini Andijon viloyati jamoasi egalladi. Surxondaryo va Navoiy viloyatlari jamoalari esa faxrli uchinchi o'rindan joy olishdi.

CHempionatning taqdirlash marosimida qatnashgan Xorazm viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Nodira Jumaniyazova g'olib va sovrindor sportchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga omadlar tiladi. O'z navbatida ularga tegishli darajadagi medal, diplom va sovg'alar topshirildi.

Fursatdan foydalanib, mazkur musobaqani yuqori saviyada o'tishiga O'zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Xorazm viloyati mintaqaviy bo'limi (rais o'rinbosari S.Dosov) hamda Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi (direktori J.Abdullaev) munosib ulushini qo'shganligini alohida takidlab o'tish joizdir.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing