So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

03 noy 09:32
Yangiliklar

O'q otish

Xorazmlik yosh merganlar Buxoroga borishadi

Teglar :  O'q otishXorazm
O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi Urganch shahar o'quv sport texnika klubining sport bazasida pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha viloyat birinchiligi o'tkazildi.

Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada 16 ta jamoaning 2002 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi jami 60 nafardan ziyod o'g'il va qizlari merganlik mahoratini namoyish etishdi.

Qiziqarli kechgan bahslar yakuniga ko'ra, pnevmatik miltiqdan o'q otish bo'yicha O'izbekiston o'q otish sporti federaciyasining viloyat bo'limi azolari Sara Sotipova qizlar orasida, Diyorbek Ochilov o'g'il bolalar birinchiligida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. 

Pnevmatik to'pponchadan o'q otish mashqini bajarishda esa Urganch shahar o'quv sport texnika klubi sportchisi Aziza Ismoilova hamda Hazorasp avtomobil maktabi vakili Jaloladdin Baxtiyorov g'oliblikni qo'lga kiritdi. 

SHuningdek, SHahnoza Masharipova (Urganch tumani O'STK), Gulbadan Abdullaeva, Odamboy Rahimov (ikkalasi Qo'shko'pir tumani O'STK), SHukurjon Adamboeva, Nusrat Saparboev (ikkalasi SHovot tumani O'STK),  Nodira Sotimboeva (Hazorasp avtomobil maktabi), Zafarbek Boboxonov (Bog'ot tumani O'STK), Javohir Ro'zmetov (Bog'ot tumani “Ravon” O'STK)  sovrindorlar safidan joy olishdi. 

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor bo'lgan yosh merganlar tashkilotchilar tomonidan diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar. 

Umumjamoa hisobida birinchi o'rinni Bog'ot tumani o'quv sport texnika klubi sportchilari egallashdi. Ikkinchi o'rindan Hazorasp avtomobil maktabi jamoasi joy oldi. Faxrli uchinchi o'rin Qo'shko'pir tumani o'quv sport texnika klubi vakillariga nasib etdi.

Endilikda eng yaxshi ko'rsatkichga erishgan xorazmlik sportchilar shu oyning ikkinchi o'n kunligida Buxoro shahrida tashkil etiladigan O'zbekiston birinchiligida voha sharafini himoya qilishadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing