So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

28 fev 14:45
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Xorijlik ekspert ishtirokida “Suzish hamma uchun” seminari boshlandi

Teglar :  Suv sporti
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati 2022 yil Vengriyada o'tgan suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionati doirasida Butunjahon suzish federaciyasi bilan keng ko'lamli hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishgan edi.

Unda xalqaro federaciya mamlakatimizda suv sporti turlarini yanada rivojlantirish, mahalliy hakam va murabbiylar uchun xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminarlar o'tkazishi belgilangan edi. Bugun poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ana shunday kurslardan biri boshlandi.

“Suzish hamma uchun” nomi ostida tashkil etilgan ushbu seminar xorijlik ekspert Aleksey Akatev ishtirokida olib borilmoqda. Qayd etish joiz, ushbu mutaxassis o'tgan yilning dekabr oyida mamlakatimizga tashrifi chog'ida Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlaridagi suzish havzalarini ko'zdan kechirish barobarida Respublikamizdagi infratuzilmani o'rgangan edi.

Joriy seminar 2 qismdan iborat bo'lib, dastlabkisi 27 fevral – 5 mart kunlari faoliyatini yaqinda boshlagan murabbiylar uchun tashkil etiladi. SHundan so'ng 6-12 mart kunlari o'rta darajadagi trenerlarning pedagogik mahorati oshiriladi. Rejaga muvofiq, dastlab tinglovchilarga nazariy talim beriladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing