So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

20 sen 16:41
Yangiliklar

Futbol

Xose Venansio Lopes - O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

O'zbekiston futbol associaciyasi futzal bo'yicha yurtimizda o'tkaziladigan 2024-yilgi Jahon chempionatiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish maqsadida taniqli ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes bilan muzokaralar olib bordi.

Bugun O'FA rahbariyati va tajribali murabbiy o'rtasida uchrashuv o'tkazildi. Unda O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov O'zbekistonda sportga, xususan, futbol va futzalga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, terma jamoa oldiga keyingi yilgi mundialda munosib ishtirok etish vazifasi qo'yilganini takidladi. Bu borada xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan hamkorlik qilish orqali kelgusida infratuzilmani Evropa standartlari asosida shakllantirishga xizmat qilishini etirof etdi. 

Xose Venansio Lopes 2024 yilgi O'zbekiston futzal bo'yicha Jahon chempionatini qabul qilishi katta voqea ekanligi, mamlakatda futbol va futzal rivojlanib borayotgani O'zbekiston terma jamoasida ishlashga turtki bo'lganini qayd etdi va bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis terma jamoada ishlash bilan bir qatorda UEFA va FIFA instruktori sifatida mahalliy murabbiylarni tayyorlash, terma jamoalarga futzalchilar etkazib berish bo'yicha tizim ishlab chiqish, infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, Jahon chempionatining tashkiliy yo'nalishlarida ham o'z tajribasi bilan ko'maklashishga tayyorgini malum qildi.

SHundan so'ng, O'zbekiston futbol associaciyasi va Xose Venansio Lopes o'rtasida shartnoma imzolandi. O'FA rahbari oldinda turgan masuliyatli turnirlarga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha barcha sharoitlar taqdim etilishini malum qilib, bosh murabbiyga omad tiladi.

 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
20 sen 17:25:18
Sportolam
Ажойиб КЛАСС
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing