So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

23 dek 09:07
Yangiliklar

Kurash, Ot Sporti

Xosila Rahimova, Lola Ahmedova yoxud CHiroqchida kurash va uloq-ko'pkari bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Uloq-ko'pkariKurash
Xalqimizning to'y-sayillari, bayram shodiyonalari kurash yoki uloq-ko'pkarisiz o'tmaydi.

Bu anana bizga olis o'tmishdan bobo meros. Aynan yigitlarning zo'ri, kuchlilari, chaqqon va chapdastliklari ham to'y-sayillardagi kurash, ko'pkari bellashuvlarida aniqlangan. Bugun ham xuddi shunday bo'ldi. Alplarning zo'ri kurash maydonida aniqlanadi.

Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumanidagi Hayitkul, deb nom olgan qir-adirliklarida qishloq xo'jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Hosil bayrami bo'lib o'tdi. Mazkur bayramda  kurash va uloq-ko'pkari ham tashkil etilib, kuchli alplar saralandi.  

Bayram dasturi dastlab, CHiroqchi tuman hokimi Xurram Jo'raevning tumandagi qishloq xo'jaligi xodimlarini, bobo-dehqonlar va xalq sayliga yig'ilgan barcha-barchani bayram bilan qutlashidan boshlandi.

SHundan so'ng kurashchi - polvonlarning bellashishiga, chavandozlarning ko'pkarida ot choptirishlariga, taniqli sanat ustalarining kuy-qo'shiqlariga birin ketin navbat berildi.

Kurash bahslarida mamlakatimizning o'nlab nomdor polvonlari  g'oliblik uchun maydonda bor mahoratlarini ishga solishdi. Tuman hokimligi tomonidan viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi, CHiroqchi tuman xalq talimi bo'limi mudiri, Butunjahon kurashlar olami (UWW) bo'yicha xalqaro toifadagi hakam Farhod Jumanov boshchiligidagi hakamlar guruhiga kurash bahslarini baholab borish, boshqarish ishonib topshirilgan edi.

Ishonch oqlandi, tayinlangan hakamlar polvonlarning har bir chiqishini munosib baholab borishdi. Raqibini “halol” engan Sarvar, Fazliddin, Abror kabi nomdor polvonlar belgilangan pul mukofoti va turli qimmatbaho sovrinlarga ega bo'laverishdi. Milliy kurashning ko'p sonli ashaddiy muxlislari esa polvonlarni olqishlashdan charmadi.    

Uloq-ko'pkarida ham xuddi shunday bo'ldi. Hatto, qo'shni viloyatlardan kelgan chavandozlar bilan to'lib toshgan ko'pkari maydonida otlar dupuridan kuch olgan alplar o'rtaga tashlangan uloqni yakka ayirib, qiymati qimmat bo'lgan sovrinlarni qo'lga kiritishdi.

Viloyat uloq-ko'pkari federaciyasi raisi, taniqli chavandoz Ilhom CHorshanbiev va uning yordamchi hakamlari tomonidan otlar va yigitlarning kuchlilari shu tariqa aniqlab borildi.

SHu kuni bayramga kelgan odamlar milliy qadriyatlarimiz, ananalarimiz  aks etgan sahna ko'rinishlari, milliy sport turlarimiz bo'yicha musobaqalarni tomosha qilib, shodumon kayfiyatda manzil-makonlariga qaytishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing