So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

06 dek 14:34
Yangiliklar

Engil atletika, Tokio-2020

Xushxabar: O'zbekistonning Tokio Olimpiadasi uchun licenziyalari soni yana bittaga ko'payish arafasida

Bugun poytaxtimizda II Toshkent Xalqaro marafoniga start berildi.

Garchi havo sovuq bo'lishiga qaramay, bugun “Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydon haqiqiy sport muxlislari bilan har qachongidan gavjum bo'ldi.

Aslida mazkur marafon shu yil 22 mart kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi sababli musobaqa kechiktirildi va 6 dekabrda o'tkazishga qaror qilindi.

II Toshkent Xalqaro marafonining tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi Viktor Mahmudov hamda Bosh vazirning o'rinbosari Aziz Abduhakimovlar ishtirok etdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Ikkinchi bor tashkil etilgan Toshkent Xalqaro marafonida 400 nafarga yaqin ishtirokchi marafon va yarim marafon yo'nalishlarida bahslarga kirishdi. SHundan qariyb 300 nafar yarim marafonda o'z omadini sinab ko'rishgan bo'lsa, qolganlar to'liq marafonda Tokio olimpiadasi yo'llanmalari uchun startga chiqishdi.

Bu yilgi marafon va yarim marafon trassasi AIMS Xalqaro marafon va yugurish associaciyasi tomonidan sertifikatlangan. AIMS – World Athletics Xalqaro engil atletika federaciyalari uyushmasining azosi hisoblanadi.

Biroz avval yakuniga etgan erkaklar o'rtasidagi to'liq marafon bahslarida hamyurtimiz, Rio olimpiadasi ishtirokchisi Andrey Petrov Olimpiya o'yinlari talabini bajardi.

Malumki, marafon musobaqalarida erkaklar uchun Olimpiya o'yinlari talabi 2 soatu 11 daqiqani tashkil etadi. Petrov esa 42 kilometr 195 metr masofani 2 soatu 10 daqiqa ichida bosib o'tdi va amalda Tokio olimpiadasi yo'llanmasini naqd qildi. Faqat, bu ko'rsatkichni yaqin kunlarda Xalqaro engil atletika federaciyasi ham tasdiqlab bersa, biz Petrovni rasman tabriklashimiz mumkin bo'ladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing