So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

07 apr 14:45
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Yan va Sterling o'rtasidagi mojaro xronologiyasi. 2 yildan beri davom etayotgan ishkal: Taqiqlangan zarba va rossiyalikning boshqa darajaga chiqishi

Teglar :  Petr YanUFC 273
Uzoq kutilgan revansh bizning vaqt bilan yakshanba tongida bo'lib o'tadi.

Petr Yan 2020 yil iyul oyida braziliyalik MMA afsonasi Joze Aldoni mag'lub etib, UFC chempioni bo'ldi. Rossiyaning navbatdagi chempioni vaznning haqiqiy qiroliga aylandi. Ammo birinchi chempionlik himoyasi muvaffaqiyatsiz bo'ldi: 2021 yil mart oyida Yan raqib Aljameyn Sterlingni mag'lub etayotgandi, ammo tizzasida taqiqlangan zarba berib, kamardan mahrum bo'ldi.

O'shandan beri Sterling va Yan o'rtasidagi qarama-qarshilik ijtimoiy tarmoqlarda «gullashni»  boshladi va ular nihoyat 10 aprelda revanshda jangi qilishadi. Dana Uayt janjaldan ikki oy o'tiboq revansh jangini o'tkazishni xohlaganiga qaramay. Petrga yana oktagonda Sterling bilan to'qnash kelish uchun bir yildan ortiq vaqt kerak bo'ldi. 

Sterling shu vaqtgacha eski jarohatlarini davoladi — jang qilishdan bosh tortdi va chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. SHu sababli, Yan amerikalikni qo'rqoq deb atadi va Aljameynda u bilan birga oktagonga qaytishga jurati yo'qligini aytdi.


Biz Yan va Sterling to'qnashuvi xronologiyasini, jangchilar ko'pchilikning diqqat markazidagi UFC 273 oqshomida bo'lishi kutilayotgan revanshga qanday etib kelganini yodga olamiz.

12 iyul, 2020 yil. 

Yan Joze Aldoni mag'lub etib, UFC chempioniga aylandi. Sterling Petrni jangga chorladi va uni «qog'ozdagi chempion» deb atadi.

«U TOP-5 dagi hech bir jangchini mag'lub etmadi va endi u chempion. Ammo tez ko'tarilish tez tushishga aylanadi, — dedi Sterling.

14 oktyabr. 

Yan va Sterling o'rtasidagi jang UFC 256 uchun rejalashtirildi. Bu Petr uchun birinchi chempionlik himoyasi edi. Jang 12 dekabrga belgilandi.

22 noyabr. 

2021 yil. UFC Yan va Sterling o'rtasidagi jang qoldirilganini elon qildi. Sabab - Yanning viza ololmagani.

9 yanvar.

CHempionlik jangi 7 mart kuni UFC 259 kechasiga belgilandi. 

7 mart.

Jang to'liq chempionning ustunligida kechayotgandi. Biroq Yan to'rtinchi raundda taqiqlangan zarba yo'lladi va kamaridan mahrum bo'ldi. Jang yakunidan so'ng UFC rahbari Dana Uayt zudlik bilan revansh tashkil qilishini aytdi.

«Yaxshi jang bo'ldi, biroq kutilmaganda bunday vaziyat sodir bo'ldi. Biz revansh jangini tashkil qilamiz»,-dedi Uayt.

8 aprel.

Sterling UFC'ning 15 may kuni bo'lib o'tishi lozim bo'lgan jangiga rozilik bermadi. U jarrohlik stoliga  yotdi va uzoq muddatga janglarda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

26 avgust. 

Yan va Sterling o'rtasidagi revansh 30 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan UFC 267 kechasiga belgilandi. Sterling jarohatdan qutilgandi, biroq Yan belgilangan sanada jang bo'lishiga ishonmasligini malum qildi.

25 sentyabr.

Yanning gaplari haqiqatga aylandi. Sterling bo'ynidagi muammolar sababli jangda ishtirok etmasligini malum qildi.

Yan yana raqibni qo'rqoqlikda ayblaydi. Sterling o'rniga jangga oldindan tayyorgarlik ko'rgan va to'liq lagerdan o'tgan Kori Sendxagen tushadigan bo'ldi.

30 oktyabr. 

Yan va Sendxagen vaqtinchalik chempionlik jangida ishtirok etishdi va bu jangda rossiyalik g'alaba qozondi. Jang esa yilning eng zo'r to'qnashuvlaridan biriga aylandi.

6 yanvar. 

UFC revanshning yangi sanasini elon qildi. Jang 6 mart kuni UFC 272 kechasida bo'lib o'tishi lozim edi. 

11 yanvar. 

Revansh UFC 273 kechasiga ko'chirildi. Sabab UFC bilan bog'liq.

Uzoq kutilgan revansh bizning vaqt bilan yakshanba tongida bo'lib o'tadi. Yan va Sterling jangga jiddiy  tarzda tayyorgarlik ko'rishdi. Yan o'tgan jangdagi xatosini to'g'rilashga harakat qiladi va o'ziga tegishli bo'lgan kamarni qaytarib oladi...

Reyting: +2   

Fikrlar

   
07 apr 20:42:28
Vista 1981
Yanni ukasi yoki muxlisi yozganmi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing