So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

17 apr 15:26
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Yana ikki nafar suzuvchimiz Tokio-2020 normativini bajardi

Teglar :  Suzish
Poytaxtimizda o'tkazilayotgan suzish bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati xushxabarlar bilan davom etmoqda.

Bugun kunning birinchi yarmida ikki nafar vakilimiz Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo'ldi.

100 metrga batterflyay usulida suzish bo'yicha kechgan saralash bahslari yurtdoshlarimiz uchun omadli yakunlandi. Mazkur yo'nalishda Odilbek Yusupbaev hamda Eldor Usmonov Olimpiada normativini bajargan bo'lsa, Oybek Xo'jaev saralash talabiga mos natija qayd etdi.

Mazkur yo'nalishda Olimpiya normativi 51.96 soniyani tashkil etadi. Bu borada Yusupbaev 51.71 soniya, Usmonov esa 51.83 soniya natija qayd etishdi. 53.44 soniya natija qayd etgan Oybek Xo'jaevning natijasi saralash talabiga mos ko'rsatkich sifatida belgilangan.

Musobaqa doirasida MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov ushbu turnir orqali Tokio-2020 Olimpiadasi normativini bajargan suzuvchilarimiz bilan ko'rishdi. Eslatib o'tamiz, musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Aleksey Tarasenko 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida Olimpiada normativini bajarib, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari sari katta qadam tashlagan edi. MOQ raisining bu safargi tashrifi avvalgilaridan farqli ravishda sportchilarimiz bilan o'tkazilgan muloqot bilan farq qildi.

Rustam SHoabdurahmonov Aleksey Tarasenko va boshqa sportchilarimiz bilan suhbatlashar ekan, ularga xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgani uchun o'z tashakkurlarini bildirib o'tdi. SHuningdek, Olimpiada normativini bajargani bilan suzuvchilarimizni tabrikladi. MOQ rahbari suhbat davomida Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik hukumatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani, MOQ hamda Turizm va sport vazirligi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishini takidladi.

SHu tariqa Tokio-2020 Olimpiadasi normativini bajargan suzuvchilarimiz soni 5 nafarga etdi (Xurshid Tursunov, Vladislav Mustafin, Aleksey Tarasenko, Odilbek Yusupbaev, Eldor Usmonov) Taqqoslash uchun, Rio-2016 Olimpiadasida yurtimiz sharafini 2 nafar suzuvchimiz himoya qilgan edi.

Musobaqa bugun yakuniga etadi. Eslatib o'tamiz, unda Afg'oniston, Turkmaniston va Hindistondan kelgan suzuvchilar ham bahs olib borishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing