So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

14 mar 11:19
Yangiliklar

Boshqalar, Voleybol, Gandbol

Yana yig'ilish, yana memorandum. Bu safar jamoaviy sport turlari o'rtasida

Teglar :  Memorandum
Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining Manaviyat va marifat markazida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Respublika oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilayotgan “Universiada-2020” sport o'yinlarining ortda qolgan musobaqalari hamda oldinda turgan bahslarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Takidlash joizki, yig'ilish ancha keskin va tanqidiy ruhda o'tdi. Malumki, joriy yilgi “Universiada” sport musobaqalari yangicha tartibda o'tkazilmoqda. Qolaversa, bu yil musobaqalarda qatnashish tartibi ham o'zgargan. Endi ushbu o'yinlarda qatnashish uchun oliy talim muassasasida talabalar sport klublari tashkil etilgan bo'lishi lozim. Aks holda o'sha jamoaga mag'lubiyat yozilib, musobaqalardan chiqarib yuboriladi. Ammo, lekin, biroq... hali ham ko'plab oliy talim muassasalarida ishga munosabat, yondashuv o'zgarmaganligi yana bir bor o'z isbotini topdi. Umid qilamizki, bugungi tanqidiy fikrlardan so'ng oliy talim muassasalarida talabalar sport klublarini tashkil etishga hamda “Universiada” sport o'yinlariga bo'lgan munosabat ijobiy tomonga o'zgaradi.

Yig'ilish yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5924-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 martdagi “Sport turlari bo'yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash, qolaversa O'zbekiston Respublikasi oliy talim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida “Talabalar ligasi”ni o'tkazish yuzasidan sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, O'zbekiston “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamda sportning o'yin turlari bo'lmish voleybol, basketbol, gandbol va regbi federaciyalari o'rtasida uch tomonlama Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat mamlakatimizda ushbu sport turlarini rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishiga shubha yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing