So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

14 iyu 08:25
Yangiliklar

Boshqalar

"Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Yangi nafas
25 iyun kuni respublikaning 16 ta shahrida Yoshlar kuniga bag'ishlangan "Yangi nafas" xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi hamda Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tadi.

SHuningdek, Xalqaro Olimpiya kunini (Olympic Day) nishonlash munosabati bilan bir milyaga teng ramziy masofaga ommaviy yugurishlar tashkil etiladi.

Xalqaro ommaviy yugurish musobaqasining tashkilotchilari sifatida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi, Milliy olimpiya qo'mitasi  ishtirok etdi. 

Tadbirning texnik va tashkiliy jihatdan tayyorgarlik ishlari O'zbekiston Respublikasi Engil atletika federaciyasiga yuklangan. 

Bu yili "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi butunlay yangi formatda o'tkazilmoqda: Toshkentda o'tkaziladigan sport tadbirining ishtirokchilari uchun tanlov asosida 3 ta masofa taqdim etiladi: 1 milya (1609m), 3 km, 10 km, Farg'ona, Namangan, Buxoro, Samarqand va Nukusda – 1 milya va 3 km. Andijon, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, G'uzor, Urganchda yuguruvchilar 3 km masofada musobaqalashadi.

Respublikaning 16 ta shahri “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” umumiy yagona shiori ostida birlashadi.

"Mamlakatning aholisi orasida yugurish sportini ommalashtirish va milliy salomatlikni mustahkamlashtirishga qaratilgan tashabbus sifatida boshlangan "Yangi nafas" sport harakati, ushbu yili xalqaro harakat maqomiga ega bo'ldi, – deb takidladi Andrey Abduvaliev engil atletika federaciyasi raisining o'rinbosari va Markaziy Osiyo engil atletika federaciyalari associaciyasi raisi. - Bo'lajak ommaviy yugurish musobaqasiga Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Afg'onistondan yosh sportchilar va yugurish klublarining azolari qo'shilib, sport va yoshlar bayramini biz bilan baham ko'rishadi".

Xalqaro Olimpiya kunini nishonlash bo'yicha Xalqaro Olimpiya qo'mitasining ushbu yildagi murojaati ham ommaviy yugurish mavsuziga yaqin bo'lib, kundalik jismoniy faoliyatni rag'batlantirgan holda, #LetsMove xeshtegi ostida bo'lib o'tmoqda. 

1 milyaga yugurish (1609,344 m) - rasmiy sport turi, metrik bo'lmagan yagona masofa bo'lib, IAAF bugungi kungacha jahon rekordlarini uning asosida ro'yxatdan o'tkazadi. 25 iyun kuni "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasiga O'zbekistonning mashhur sportchilari va sog'lom turmush tarzi faollari, yoshlarga tasir ko'rsatadigan yosh fikr etakchilari ham qo'shiladi.

Barcha yugurish havaskorlari, yoshidan qati nazar, O'zbekistonning har bir hududida ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Yosh yuguruvchilar uchun ruxsat etilgan yosh chegarasi - 9 yosh. Ishtirokchi shaharlar uchun yagona start ertalab soat 6:00 da beriladi. Toshkentda 5500 ta, Samarqandda 2300 ta, qolgan 14 ta shaharlarda har bitta hududda 2000 ga yaqin odam ishtirok etishi kutilmoqda. 

Joriy yilning 1 iyundan 21 iyungacha Toshkentda musobaqada ishtirok etuvchi yuguruvchilar uchun Iticket.uz saytida ro'yxatdan o'tish imkoniyati taqdim etiladi. Engil atletika federaciyasi takidlashicha, bunday qadam hududlarda ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlarni o'tkazish barqarorligi hamda muntazamligini taminlash imkoniyatini beradi.

Ishtirok etish qiymati:

•    1 milya masofaga ro'yxatdan o'tishda – 75 000 so'm;

•    3 km masofaga ro'yxatdan o'tishda – 99 000 so'm;

•    10 km masofaga ro'yxatdan o'tishda –149 000 so'm.

Ishtirokchi paketiga quyidagilar kiradi: 

•    Futbolka

•    Kepka

•    Ko'krak start raqami

•    To'g'nog'ichlar

Ishtirokchilarga start paketlarining berilishi 23 iyundan 24 iyunga qadar O'zbekiston Respublikasi Engil atletika federaciyasida tashkil etiladi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing