So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

28 may 08:48
Yangiliklar

O'q otish

Yangi o'q otish bazasida dastlabki chempionat yakunlandi

O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasining Toshkent viloyati O'rta CHirchiq tumanida joylashgan sport bazasida stendda o'q otish bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada 50 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. O'zbekiston chempionatida o'smirlar va kattalar ikki xil mashqda merganlik salohiyatini namoyish etishdi.

Natijalar. Transheyali stendda. Erkaklar.

1- o'rin SHuhrat G'aniev

2- o'rin Aleksey Remnev 

3- o'rin SHerzod Mamajonov 

O'smirlar.

1-o'rin  Jasur Safarov

2- mesto Timur  Gafarov

3- o'rin Ernest Settarov 

Dumaloq stendda: Erkaklar. 

1- o'rin Ruslan Utaganov

2- o'rin Bekzod Abdurahimov

3- o'rin Sanjar Rasulov

O'smirlar.

1- o'rin Kirill Podgaeckiy

2- o'rin Gleb Nesterenko

- Stenddan o'q otish sport turiga yoshlar, hatto qizlarning ham qiziqishi ortib borayotganiga O'zbekiston chempionati orqali yana bir bor guvoh bo'ldik. Iqtidorli sportchi qiz Kseniya Kolotilo qayd etgan natija tomoshabin va mutaxassislarni nafaqat quvontirdi, yurtimiz iqtidorli sportchilarga boy ekanini ko'rsatdi. 

Umid qilamanki, yaqin yillarda stenddan o'q otish bo'yicha barcha viloyatlarimizda sport sekciyalari ish boshlaydi hamda g'oliblik uchun kurashadigan sportchilar auditoriyasi kengayadi, - dedi stenddan o'q otish sporti bo'yicha terma jamoa murabbiy Igor Podgaeckiy.

- Mazkur o'q otish bazasining qurilishidan katta maqsad ko'zlangan. Bu yil bazaning stenddan o'q otish qismidan foydalanishni boshladik. Bu sport maskani to'la to'kis foydalanishga qabul qilib olingach qita miqyosidagi nufuzli musobaqalarni, xatto jahon chempionati, kubogi bosqichlari mezbonligi uchun davogarlik qilishimiz mumkin. 

Ayni damda jahon kubogining har bir bosqichida mingdan ortiq sportchilar ishtirok etayotganini nazarda tutsak, kelgusida nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilishimiz ortidan nafaqat mamlakatimiz yoshlari orasida o'q otish sportini ommalashtirishga, balki minglab sportchi, ular bilan murabbiy, shifokorlari va boshqa delegaciya vakillarini yurtimizga tashrifi ortidan ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo'shgan bo'lamiz, -dedi O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasi bosh kotibi J.Atabullaev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing