So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

07 noy 11:19
Yangiliklar

Bolalar sporti

Yangicha qiyofadagi sport maktabida mashg'ulotlar avjida

Jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini taminlash, o'g'il-qizlarimizni o'zlari tanlagan sport turlariga chorlash, sportga oshno yoshlarimizni etarlicha shart-sharoitlarga ega bo'lgan majmualarda mashg'ulotlarga jalb etish bolalar-o'smirlar sport maktablarining ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Yangiyo'l shahar bolalar-o'smirlar sport maktabida ham sportchi-o'quvchilar mashg'ulotlarda emin-erkin ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar muhayyo etilgan. 

Bugun mazkur sport maktabida basketbol, taekvondo (VTF), dzyudo, boks, regbi, badiiy gimnastika, erkin kurash, universal jang, kikboksing, armrestling, qo'l jangi sport turlari bo'yicha 636 nafar o'quvchilar 14 nafar murabbiy qo'l ostida mahoratlarini oshirib borishmoqda.  

BO'SM tarbiyalanuvchilarining mashug'lotlarga zo'r berayotgani bois, joriy yilda basketboldan ikki nafar, armrestlingdan besh nafar, universal jang sport turidan yigirma olti nafar, kikboksingdan uch nafar, regbi sport turidan sakkiz nafar o'quvchilar O'zbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'lishgan. 

Ayniqsa, yangiyo'llik yoshlarning regbi sport turiga bo'lgan ishtiyoqi yuqoriligi bois, ushbu sport turini rivojlantirish uchun yanayam keng ko'lamli ishlar boshlab yuborilgan. Yanayam etiborlisi, regbi bo'yicha ayollar milliy terma jamoasining 13 nafarini BO'SM o'quvchilari tashkil etadi.

Ota-onalar, sportchi-o'quvchilarning takidlashicha, BO'SM direktori Davron  Qodirov rahbarligida yaqin qisqa vaqt mobaynida sport maktabida sharoitlar yanayam yaxshilangan. Boisi, ochiq turdagi suzish havzasi qayta tamirlangan, havzadan chiqayotgan suv stadionga yo'naltirilib, sug'orish ishlari yo'lga qo'yilgan. 

Isitish tizimida tamirlash ishlari olib borilgan, mashg'ulot zallarida ham tamirlash ishlari bajarilib, qulayliklar yaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Yangiyo'l shahar hokimligining manzilli dasturlariga muvofiq, BO'SM stadionida, yugurish yo'lakchalarida  ham rekonstrukciya ishlari nihoyasiga etkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijorisini taminlash maqsadida umumiy o'rta talim maktablari bilan hamkorlikda sportga bo'lgan ommaviylikni oshirish uchun tadbirlar tashkil etilayotgani, nomdor sportchilar ishtirokida master-klasslar uyushtirilayotgani, sport turlari bo'yicha turli bellashuvlar o'tkazilayotgani ham bor gap.

Bir so'z bilan aytganda, bolajonlarning sevimli maskanida mashg'ulotlar avji pallasida, yaratilayotgan qulay sharoitlardan maqsadli foydalanayotgan o'g'il-qizlar irodalarini mustahkamlab, chempionlik sari odimlamoqda.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing