So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

31 iyu 15:25
Yangiliklar

Boshqalar

Yangilik: kasbiy (ijodiy) imtihonlarning shaffof o'tishini taminlash maqsadida raqamlashtirish tizimi joriy qilinmoqda

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning shaffof o'tishini taminlash maqsadida raqamlashtirish tizimi joriy qilinmoqda.

2022/2023-o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (O'zDJTSU)da sport turlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarda inson omilining tasirini keskin kamaytirish, imtihonlarning shaffof o'tishini taminlash maqsadida raqamlashtirish tizimi joriy etiladi.

SHuni alohida takidlash lozim, bunday tizim oldin hech bir oliy talim muassasasida joriy qilinmagan. Ilk marotaba ushbu tizim O'zDJTSUda amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Xususan, har bir sport talim yo'nalishi bo'yicha Komissiya tarkibi azolari 4-8 nafargacha bo'ladi. Komissiya raisi va azolari planshet bilan taminlanadi. Ular vazirlik tomonidan yaratilgan maxsus dastur asosida abiturientlarning JSHSHIR kodi orqali kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini imtihon vaqtida to'g'ridan-to'g'ri tizimga kiritadi. Komissiya raisi azolar tomonidan kiritilgan natija va qo'yilgan baholarni ko'rib chiqib tasdiqlaydi. Komissiya raisi tomonidan abiturientlarning kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari tasdiqlangan vaqtda abiturient telefon raqamiga SMS orqali natija va baholari kelib tushadi. Bu esa bahoni turli yo'llar bilan o'zgartirish imkonini bermaydi.

Elektron axborot tizimida har bir abiturient haqida malumotdan tortib, jamg'argan ballarigacha saqlanadi. SHuningdek, imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli o'tishi uchun kasbiy (ijodiy) imtihon bo'ladigan obektlar 40 dan ortiq kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Abiturient va ularning yaqinlari tomonidan etiroz bildirilgan taqdirda yoki boshqa holatlarda komissiya azolari o'rganib chiqishi uchun imkoniyatlar mavjud.

Bundan tashqari, abiturientlarning yaqinlari imtihon o'tkazilish jarayonini onlayn kuzatib borish uchun kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan hududlarda elektron monitorlar o'rnatiladi. SHuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari imtihon.jtsu.uz veb-sayti orqali to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilinadi. SHu bilan birgalikda axborot xavfsizligini taminlash maqsadida barcha malumotlar Uztelekom akciyadorlik kompaniyasi maxsus bazasida saqlanadi.

Albatta bu kabi tizimning yaratilishi iqtidorli sportchilarni saralab olish, bilimli yoshlarning mehnatlarini yuzaga chiqishida katta yordam beradi va abiturientlarning o'ziga bo'lgan ishonchini yanada oshiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing