So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

04 iyu 19:55
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Yashil” hududlarga sport qaytmoqda

Mamlakatimiz “Yashil” hududlaridagi sport sekciyalari faoliyati karantin qoidalari asosida yo'lga qo'yilmoqda.

Yurtimizga koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi qaroriga asosan 2020 yil 1 iyundan “yashil” hududlarda sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi.

Joriy yil 4 iyundan boshlab Toshkent viloyatining “yashil” hududlar toifasiga kiruvchi Olmaliq shahridagi bolalar-o'smirlar sport maktabida karantindan so'ng ilk bor ayrim sport sekciyalari o'z faoliyatini boshladi.

Olmaliq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi shahar sanitariya va epidemiologiya markazining ruxsati asosida hamda karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda (muassasaga kirishda, tana haroratini o'lchovchi pirometr vositasi orqali tekshiruvdan o'tgach, mashg'ulotlarda qatnashishga ruxsat etilmoqda) faoliyatini boshladi va kun davomida sport zali dezinfekciya qilib turilmoqda.

Respublika bo'ylab “yashil” hududlarda qaytadan faoliyatini boshlayotgan sport sekciyalari mutasaddilariga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 645-sonli buyrug'ida ko'rsatib o'tilgan talablarga asosan, sanitariya va gigiena qoidalariga qatiy rioya qilgan holda, mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing