So’nggi yangiliklar

12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0

16 mar 07:21
Yangiliklar

Tadbirlar

Yig'ilishda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Malumki, yurtimizda sportning Olimpiya turlarini rivojlantirishda dunyoning etakchi mamlakatlaridagi malakali mutaxassislar bilan o'zaro hamkorlik qilib kelinadi.

Bu esa o'z samarasini berib, Vatanimiz sportchilari xalqaro arenalarda O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarib kelishmoqda.

Joriy yil o'zbek sporti uchun ancha masuliyatli yil, desak xato qilmaymiz. Zero, 2022-yilda yurtimiz atletlari XIX yozgi Osiyo o'yinlari va yana bir qator yirik kompleks musobaqalarda ishtirok etishadi. Ularda munosib qatnashish hamda Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish maqsadida sport federaciya va associaciyalari allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligida yig'ilish o'tkazildi. Uni Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov olib bordi. Yig'ilishda vazir maslahatchisi Avazjon Karimov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisining o'rinbosari, O'zbekiston taekvondo associaciyasi raisi SHerzod Toshmatov, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarning masul xodimlari ishtirok etishdi.

Takidlash kerak, 2021-yilda yurtimizda Olimpiya sport turlari bo'yicha 14 nafar xorijlik mutaxassis faoliyat olib borishgan. Yig'ilishda ular bilan 2022-yilda ham hamkorlikni davom ettirish yoki bekor qilish, shuningdek joriy yildan terma jamoalarimizga taklif etilayotgan mutaxassislar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Yig'ilishda federaciya va associaciyalarning masul xodimlari Komissiya azolari oldida o'z nomzodlarini himoya qilishdi. Bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida o'tgan yili yurtimizda faoliyat olib borgan mutaxassislarning barchasi bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilindi. SHuningdek, 2022-yilda ular safiga yana 17 nafar xorijlik yuqori malakaga ega mutaxassislar bilan ham hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishildi.

Xorijlik mutaxassislar oldiga qo'yilayotgan eng asosiy talablardan biri, nafaqat kompleks musobaqalarda yuqori natija qayd etib, O'zbekiston nomini ulug'lash, balki mamlakatimizda ular faoliyat olib boradigan sport turini quyi bo'g'indan rivojlantirishga o'z hissasini qo'shish hamda yosh, iqtidorli trenerlarni tarbiyalashdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing