So’nggi yangiliklar

19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0

08 jan 20:38
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Yil adolatsizligi: dunyoning eng zo'r jangchilaridan biri Vasiliy Lomachenko haligacha kamarlarini qaytara olmadi

2021 yil sport olamida hamon adolatsizliklar ko'pligini ko'rsatdi.

SHu o'rinda Tokio Olimpiadasida opa-singil Averinalar bilan bo'lgan voqeani, Lionel Messining “Oltin to'p” uchun ovoz berishdagi g'alabasini va Pyotr Yanning Aljemeyn Sterling bilan jangda kutilmagan tarzda unvondan mahrum bo'lganini eslash mumkin. Albatta, boks olamida ham bazida adolatsizlik bo'lgan. Bu dunyodagi eng yaxshi bokschilardan biri Vasiliy Lomachenkoga nisbatan ham aniq namoyon bo'ldi.



Nakatani bilan jang

Ukrainalik bokschi uchun yil juda og'ir boshlandi.  2021 yilning dastlabki oylarida u elkasidagi navbatdagi jarrohlik amaliyoti va tiklanish jarayonini o'tkazdi. Bu orada jurnalistlar va media olamidan butunlay g'oyib bo'ldi. Malumki, 2020 yil Teofimo Lopesdan uchralgan mag'lubiyat Lomachenkoning faoliyatiga katta tasir o'tkazdi. G'alabadan sarmast bo'lgan Lopes revanshga rozi bo'lmadi va bunga Lomachenkoning depressiyada ekanligini "bahona" qildi.



Umuman olganda, Vasiliyning muxlislarida tashvishlanish uchun sabablar bor edi. SHunga qaramay, 2021 yil bahorda u keyingi jangni Masayoshi Nakatani bilan o'tkazishi aniq bo'ldi. Ustiga-ustak, bu qaytish uchun yaxshi tanlov edi. CHunki yaponiyalik bokschi bir vaqtlar Teofimo Lopes bilan ajoyib jang o'tkazib, uni faoliyatida birinchi marta 12 raund ter to'kishga majbur qilgan. SHunday qilib, bu eng yaxshi variant edi. 

Raqibidan farqli o'laroq, Vasiliy Nakatanining imkoniyatlarini to'g'ri baholadi va Masayoshini juda ko'p quchli zarbalar bilan "savaladi". Beshinchi raundda Loma yaponiyalik raqibini nokdaunga uchratdi. To'qqizinchi raundga kelib hakam ukrainalik bokschi foydasiga jangni to'xtatdi. SHu tazda Lomachenko ajayib qaytishni amalga oshirdi.


Richard Kommi bilan to'qnashuv

2021 yilning dekabrida Vasiliy ikkinchi jangini xam o'tkazdi.  Uning raqibi sobiq jahon chempioni, Teofimo Lopesning yana bir eski raqibi Richard Kommi edi. Loma bu jangga butunlay boshqacha kayfiyatda bordi. Birinchidan, iyun oyida Nakatani ustidan qozonilgan g'alaba Vasiliyning hali ham oldingi darajada ekanligiga ishonch uyg'otdi, ikkinchidan, Kommi bilan jangdan bir necha hafta oldin engil vazn toifasida haqiqiy sensaciya bo'ldi. Teofimo Lopes birinchi chempionlik himoyasidayoq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Amerikalik bokschi Jorj Kambososga yutqazdi va barcha unvonlarini boy berdi.



Biz hammamiz insonmiz va Lomachenko uchun Lopes kabi noxush raqibning omadsizligi Vasiliyning kayfiyatini ko'tarmay qolmasligini bilamiz. Lomachenko oldiga shunchaki g'alaba qozonish vazifasi qo'yildi va shundan so'ng unvonlar uchun kurashda hammasi yaxshi bo'lishiga umid bog'landi.

O'z navbatida, Lomachenko hamma narsani alo darajada bajardi.   Kommi bilan bo'lgan jang voqealari hali unitilgani yo'q. Richard mag'lub bo'ldi. Ammo titul janglari nuqtai nazaridan, hech narsa aniq emasdek go'yo va Lomachenkoga nisbatan bo'lgan asosiy adolatsizlik xam shunda edi.


Kambosos Lomachenko bilan jang qilishni xohlamaydi

Yilning asosiy sensaciyasi muallifi Jorj Kambosos o'z maqsadlariga hali 100% oydinlik kiritmagan.  Faqat bir narsa aniq - u mutlaq jahon chempioni unvoni uchun birinchi himoyasini Avstraliyada o'tkazmoqchi.  Ammo raqib kim bo'lishi nomalum. Yangi chempion barchani xursand qilishga urinayotgan ko'rinadi.   U Davin Xeyni haqida ham, Vasiliy Lomachenko va Jervont Devis haqida ham gapiradi.

Ammo, Lopes ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi intervyularida Jorj ukrainalik bokschi haqida umuman gapirmadi va shu bilan u umuman jang qilishni xohlamasligini aniq ko'rsatdi. 


Kambosos uchun yaxshi variant - Xeyni bilan jang.   Birinchidan, ikkala jangchi ham DAZN bilan hamkorlik qiladi, yani ularning jangini tashkil qilish osonroq bo'ladi. Ikkinchidan, xolis nuqtai nazardan, Xeyni 33 yoshli ukrainalik bokschidan ko'ra ko'proq Kambososni raqib sifatida ko'radi.

Aslida, Kambosos katta ehtimol bilan ukrainalik bokschi deyarli barcha yo'nalishda birinchi raqamli davogar ekanligini anglab, Lomachenko bilan jang haqida gapira boshladi. Xeynining yagona afzalligi shundaki, WBCning g'alati tashabbuslari tufayli tashkilotda endi ikkita jahon chempioni bor va barcha rasmiy muammolarni bartaraf etish uchun Xeyni va Kambosos o'rtasidagi jang qiziqarli bo'lishi aniq. 

Nima bulganda xam, bularning barchasi 2021 yilda biz boksdagi adolatsizlikni ko'rishimizga olib keldi. Sayyoradagi eng yaxshi bokschilardan biri Vasiliy Lomachenko jahon chempioni unvonisiz qolmoqda.


Keyin nima bo'ladi?

Bu eng qiziq savol.  Bir tomondan, Vasiliy WVC va WVO versiyalari bo'yicha reytinglarda birinchi o'rinni egallab turibdi, demak u aslida unvonga davogar.  U, shuningdek, WVA reytingida to'rtinchi va IBF reytingida beshinchi o'rinlarda bormoqda.

Umuman olganda, Lomachenko har qanday kamarga murojaat qilishi mumkin. Ammo, yuqorida aytib o'tilganidek, WVC Xeyni va Kambosos o'rtasidagi jangga qarshi emas. SHunday qilib, umid WVOda qoladi.   “Tor Rank” Vasiliy uchun ushbu chempionlik jangini o'tkazishga harakat qilishini takidlaydi. Ammo barcha kamarlarlar bir kishining qo'lida to'planganligini hisobga olsak, buni Kambosos va Xeyni jangi oldidan tashkil qilish mumkin emas. Hammasi murakkab tus olgan.

Bir narsa aniq: Jorj va Devin o'rtasidagi ehtimoliy duel qanday yakun topmasin, uning g'olibi endi Lomachenkodan qochib qutula olmaydi.   Yagona savol shundaki, Vasiliy Kambosos va Xeyni o'rtasidagi duelning tashkil etilishiga to'sqinlik qila oladimi yoki yo'qmi? Yoki u 8-10 oy davomida jangsiz qolib ketish xavfi bormi? Umuman olganda, endi uni mag'lubiyatga uchratish mushkul.

Keling, 2022 yilda Vasiliy o'ziga bulgan adolatni tiklashi va jahon unvonlarini boshi uzra ko'tarishini kutib qolamiz.

Championat.com sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
08 jan 23:23:07
Mironsho_Jabborov
Fanatizmni hidi kelyapti...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing