So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

29 dek 14:36
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Gimnastika, Tennis, Qilichbozlik, Velosport, SHaxmat

Yil sarhisobi. O'zbekistonlik sportchilar 2019 yilda xalqaro musobaqalarda nechta medal qo'lga kiritdi?

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan 2018 yildan buyon mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yangi bosqichga olib chiqish yo'lida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

SHu davr mobaynida jismoniy tarbiya va sportga oid O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 ta farmon va qarorlari,Vazirlar Mahkamasining 29 ta qarori qabul qilindi. Ular orasida etiborga moliklaridan biri sifatida trenerlarning maoshi 1,35 baravarga oshirilganligini aytish mumkin. SHu bilan birga tizimda majburiy mehnatga to'la barham berildi.

Har tomonlama barkamol sportchilarni tarbiyalashda trenerlarning o'rni beqiyos. Vazirlik tashkil etilgandan buyon tizimda o'rta maxsus malumotli trenerlar ulushi 54 foizdan 47,4 foizga kamaydi, oliy malumotli trenerlar bilan taminlash darajasi 55,8 foizga etkazildi.

Sportchilarga mashg'ulotlar o'tkazishi uchun barcha qulayliklarni yaratish maqsadida respublikamiz bo'ylab 68 ta (yangi qurilish, rekonstrukciya, mukammal tamirlash) sport inshootlarida qurilish-tamirlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar soni 1 624 143 nafarga ortib, shug'ullanuvchilar soni 2,7 mln. nafargacha oshdi. SHuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha oliy talim muassasalari soni 3 taga, soha kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari soni 4 taga etkazildi. Xususan, Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy talim muassasasining filiali tashkil etilib, unda futbol, basketbol, tennis, voleybol, eshkak eshish, engil atletika, suzish turlari bo'yicha 86 nafar talaba tahsil olmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan sportning 25 ta turi bo'yicha yo'llanmalarni qo'lga kiritish uchun O'zbekiston milliy terma jamoa azolaridan 420 nafar nomzod sportchilar tanlab olinib, sportchilarni munosib tayyorlash uchun 13 nafar xorijiy mutaxassislar va trenerlar jalb etildi.

Rejalashtirilgan har bir sport turi bo'yicha licenziyalarning qo'lga kiritish jarayonini har 15 kunda muhokama qilib borish tizimi yaratilib, sportchilar tegishli 15 ta vazirlik, 13 ta idora va 11 ta tashkilotlarga biriktirildi.

Hozirgi paytga kelib, 32 nafar sportchi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi. 2019 yilda qo'lga kiritilgan yo'llanmalar ichida avvalgi Olimpiada o'yinlaridan farqli ravishda, O'zbekiston sporti tarixida ilk marotaba velosiped sporti (shosse) bo'yicha Olga Zabelinskaya, zamonaviy beshkurash bo'yicha Alise Faxrutdinova va Aleksandr Savkinlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan bo'lishdi. SHuningdek, o'zbek va jahon sporti tarixida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan gimnastikachimiz Oksana CHusovitina faoliyatida sakkizinchi bor, engil atletikachimiz Svetlana Radzivil esa to'rtinchi bor Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2019 yil davomida O'zbekistonda 20 ga yaqin xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Ushbu musobaqalarni o'tkazish, g'olib sportchilarni taqdirlash, shuningdek tashkilotchilarni rag'batlantirish maqsadida vazirlik tomonidan umumiy hisobda 38 mlrd. 680 mln. so'mdan ortiq mablag' ajratildi.

Mamlakatimizda o'tkazilgan xalqaro sport musobaqalarida 4 ming 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Ushbu nufuzli musobaqalarning 5 tasi jahon chempionati va jahon kubogi musobaqalari bo'lib, ular katta tayyorgarlik va ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Jahon kubogi va jahon chempionatlarini o'tkazish uchun 2 mlrdan ziyod mablag'lar sarflanib, g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Dastlab, 2019 yil avvalida, yani 28 yanvar - 2 fevral kunlari Toshkent shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo'yicha “Nappy caravan” xalqaro turniri va jahon kubogi bosqichi o'tkazildi. Dunyoning eng kuchli gimnastikachilari yig'ilgan ushbu musobaqaga 331 mln. so'mdan ortiq mablag' ajratildi va musobaning g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.

SHuningdek, belbog'li kurash, mastresling, qilichbozlik, sambo sport turlaridan jahon chempionati va jahon kubogi musobaqalariga yurtimiz munosib ravishda mezbonlik qila olganligi xorijlik kuzatuvchilar tomonidan etirof etildi.

SHu o'rinda 2019 yilda erishilgan yutuqlarga to'xtaladigan bo'lsak, joriy yilning yanvar – noyabr oylari holatiga ko'ra mamlakatimiz sportchilari 175 ta xalqaro sport musobaqalarida 943 nafar atlet bilan ishtirok etib, 514 ta (shundan 175 ta oltin, 156 ta kumush, 183 ta bronza) medallarni qo'lga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2018 yil davomida turli sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari 143 ta xalqaro musobaqalarda 572 nafar sportchi bilan qatnashib, 416 ta (160 ta oltin, 142 ta kumush, 114 ta bronza) medalga ega chiqishgan.

Bir so'z bilan aytganda, ortda qolayotgan yil davomida amalga oshirilgan islohotlar sportchilarimiz tomonidan kelajakda qo'lga kiritilajak katta g'alabalarga muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing