So’nggi yangiliklar

18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0

25 dek 14:33
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Yilning eng, eng, eng yaxshilari: Usik eng yaxshi bokschi, Fyuri - Uaylder yilning eng dahshatli jangi va boshqalar

2021 yilgi boks mavsumi muxlislar uchun kutilganidan ham zo'r o'tdi desak to'g'ri bo'ladi.

2021 yil ko'plab qiziqarli natijalar, supernokautlar va kutilmagan voqealarga boy bo'ldi.

Biz esa yilning eng, eng, eng yaxshilarini aniqlashga harakat qilamiz.

Yil bokschisi: Aleksandr Usik

Bu erda hech qanday savol bo'lmasa kerak. CHunki Usik yil davomida ikkita jang o'tkazdi va har ikkisida ham o'zidan kutilgandan-da alo harakat qildi. Ukrainalik bokschi birinchi jangda Derek CHisorani mag'lub etdi va ikkinchi jangida og'ir vazn "titan"laridan biri hisoblangan - Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'liq 12 raund davom etdi va har bir raundda Usik o'zining ustunligini ko'rsatib, chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. U Evander Xolifilddan so'ng birinchi og'ir vaznda mutlaq chempionlikni qo'lga kiritganidan keyin superog'ir vaznda chempion bo'lgan ikkinchi bokschiga aylandi. SHuningdek, uning chempionligi uchun atigi uchtagina jang etarli bo'ldi. SHuningdek, bu yo'nalishga Saul Alvaresni ham qo'yish mumkin edi. Usik o'zi uchun yangi vaznda eng zo'rlarni mag'lub etdi va shunisi bilan ham meksikalikdan ustunroq bo'ldi. 


Yil jangi: Tayson Fyuri - Deontey Uaylder III

Bu tanlov eng qiyin bo'lgan nominaciyalardan biri. CHunki yil davomida juda ko'p "bomba" janglar bo'ldi. Biroq ko'plab muxlislar va ekspertlarning fikricha, aynan Tayson Fyuri - Deontey Uaylder III jangi eng zo'ri bo'ldi. Jangning o'zi tepalikning cho'qqisi bo'ldi. Jangdan avval ham, jangning o'zida ham bokschilar haqiqiy "urush" namoyish etib berishdi. Ularning janglari Ali - Freyzer trilogiyasi kabi eslanishi aniq. Las-Vegas ancha vaqtdan beri bunday dahshatli janglarni ko'rmagandi. Jang davomida ustunlik ikki tomonda ham bo'ldi.

To'qnashuvda bitta boks jangi uchun bo'lishi lozim bo'lgan barcha hodisaning guvohiga aylandik. Yil davomidagi boshqa janglarga hurmatni saqlagan holda trilogiya eng zo'ri bo'ldi.


Yil nokauti: Jeyk Polning Tayron Vudliga qarshi ikkinchi jangi

Bu erda ham ko'pchilikning o'z shaxsiy fikri va qarashi bo'lishi mumkin. Biroq Jeykning oltinchi raundda yo'llagan zarbasi, shunchaki "pushka" edi. Zarba va Vudlining chirog'i "o'chdi". Bloger uchun ajoyib zarba. Zarbaning yo'llanishi va raqibning ushlash shunchaki TOP! 


Yil voqeasi: Saul Alvaresning mutlaq jahon chempioni bo'lishi

Aniq hisob-kitobga ko'ra, meksikalik yulduzga barcha kamarlarni birlashtirish uchun 11 oy etarli bo'ldi. O'tgan yilning dekabr oyida Saul supero'rta vaznga yorib kirdi va Kallum Smitdan chempionlik kamarini tortib oldi, noyabrda esa barcha kamarlarni birlashtirdi. Kallum Smit, Bill Jo Sonders, Kaleb Plant: bu nomlarga qarshi hamma ham jang qilishni istamagan bo'lardi, biroq Saul Alvares o'zining tarixini yozishda davom etdi va u yana bir bor tarixning eng zo'rlardan biri ekanligini isbotlashga harakat qildi. Saul Alvares kelasi yil endi yarimog'ir vaznni "gullatishga" harakat qiladi.


Yilning kutilmagan natijasi: Kambosos Lopesni mag'lub etishi

Bir yil avval ham bu nominaciyada Teofimo Lopes ishtirok etgandi, o'shanda u Lomachenkoni mag'lub etgandi. Bu safar esa aksincha. Uni kutilmaganda mag'lub etib qo'yishdi. Jang boshida ko'pchilikning fikricha aynan Lopes g'alaba qozonishi lozim edi, biroq... yangi zelandiyalik Kambosos barchaga qarshi chiqdi va o'n ikki raund davomida chempionni "savaladi". 


Yil qaytishi: Vasiliy Lomachenko

Ko'pchilik Lomachenko Lopesdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng avvalgi holiga qayta olmaydi deb o'yladi. Biroq ukrainalik bokschi barchaning fikri xato ekanligini amalda isbotlab berdi. U yil davomida Nakatani va Kommiga qarshi ringga ko'tarildi va ikki bahsda ham raqiblariga "dars" o'tdi. Loma ayni damda nafaqat eng kuchli texnika sohibi, balki eng ko'p hujumga o'tadigan bokschiga ham aylandi. Uning bu yilgi zarbalarining teng yarmi aniq manzilga etib bordi. Bu ko'rsatkich bo'yicha ukrainalik dunyoda birinchi raqamli bo'lib turibdi.


Yil murabbiyi: Yuriy Tkachenko

Ha, bu nom ko'pchilik uchun notanish bo'lishi mumkin. Biroq aynan shu inson yilning eng yaxshi bokschisi Aleksandr Usikning murabbiyi hisoblanadi. Usik yillar davomida ko'plab murabbiylar bilan ishladi, biroq aynan Tkachenko unga juda mos tushdi. Ular birgalikda Entoni Joshuani ajoyib tarzda to'xtatishga erishdilar.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
25 dek 23:05:41
Vista 1981
Yilni eng yaxshi bokschisi sòzsiz Saul Alvares
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing