So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

19 fev 10:16
Yangiliklar

Ot Sporti

Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori chiqdi

Teglar :  Ot sporti
O'zbekiston Respublikasida Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori imzolandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini ommalashtirish uchun shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mazkur sport turi bo'yicha yurtimizni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi tashkil etildi, Qashqadaryo va Farg'ona viloyatlarida Qorabayir zotli otlarni etishtirish va ko'paytirish bo'yicha majmualar faoliyat ko'rsatmoqda.

Toshkent viloyatida Axaltaka zotli va sport otlarini etishtirish va ko'paytirish ot zavodini qurish, shuningdek, Toshkent shahrida “Markaziy ippodrom” akciyadorlik jamiyatini Xalqaro ot sporti federaciyasi talablarini inobatga olgan holda rekonstrukciya qilish loyihalari amalga oshirilmoqda.

SHu bilan birga, respublikada yilqichilik va ot sportining yanada rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan bir qator hal etilmagan masalalar mavjud. Jumladan, ot sporti klublari o'rtasida o'zaro hamkorlikning yaxlit tizimi mavjud emasligi o'quv-mashg'ulot jarayonini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, iqtidorli chavandozlarni aniqlash va tanlab olish imkonini bermayapti.

Moddiy-texnik baza va ot sporti infratuzilmasi etarli darajada rivojlanmagan, ot sporti bilan shug'ullanish va ushbu sport turini ommalashtirish uchun sport bazalari va shart-sharoitlar yaratish bo'yicha zarur choralar ko'rilmayapti.

Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish, yoshlarni sport bilan shug'ullanishga faol jalb etish, jamiyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, shuningdek, ot sporti bo'yicha milliy va xalqaro musobaqalarda yuqori sport natijalariga erishishni taminlash maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, “O'zbekneftgaz” AJ, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va “O'zqurilishmateriallari” AJning:

2019-2020 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarini (keyingi o'rinlarda – bolalar-o'smirlar ot sporti maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etish;

O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega Qorabayir zotli otlarni etishtirish va ko'paytirish bo'yicha innovacion selekciya-genetika markazini (keyingi o'rinlarda – Markaz) tashkil etish;

O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisining o'rinbosari – Qorabayir zotli otlarni etishtirish va ko'paytirish bo'yicha innovacion selekciya-genetika markazi direktori lavozimini joriy etish;

Qorabayir zotli otlarni etishtirish va ko'paytirish bo'yicha “Qorabayir otchilik majmuasi” UKni “SHo'rtangazkimyo majmuasi” MCHJ tasarrufidan “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tasarrufiga berish;

Qorabayir zotli otlarni etishtirish va ko'paytirish bo'yicha “Qorabayir otchilik majmuasi” UK va “Vodiy tulporlari” MCHJ majmualarini, ular taminotini moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda va yillik xarajatlari ko'rsatkichlarini O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi (keyingi o'rinlarda – Federaciya) bilan majburiy kelishish sharti bilan, Federaciya tarkibiga kiritish haqidagi takliflari maqullansin.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investiciyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri hokimliklari va Federaciya bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda aniq er uchastkalari va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obektlari hududida bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarini tashkil etish, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarini tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlik subektlariga topshirish uchun ularning ro'yxatini shakllantirsin;

bir oy muddatda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarini tashkil etish istagini bildirgan salohiyatli tadbirkorlik subektlari, shu jumladan, xorijiy investorlarni (keyingi o'rinlarda – tashabbuskorlar) aniqlasin;

uch oy muddatda eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida er uchastkalari va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk obektlarini tashabbuskorlarga tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun, shu jumladan, ularning bir qismida yoki alohida ajratilgan hududda bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarini tashkil etish bo'yicha ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda taqdim etilishini taminlasin.

3. Belgilab qo'yilsinki:

bolalar-o'smirlar ot sporti maktablari birinchi navbatda ippodromlar hududida tashkil etiladi;

bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarining qurilishi O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarining moddiy-texnik bazasini dastlabki mustahkamlash, jumladan, texnika, anjomlar va boshqa zarur vositalar bilan taminlash tashabbuskorlar tomonidan amalga oshiriladi;

sport otlarini sotib olish bo'yicha xarajatlar, shuningdek, bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarining moddiy-texnik bazasini keyinchalik mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlar o'rnatilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanadi;

mazkur qarorga muvofiq tashkil etilgan bolalar-o'smirlar ot sporti maktablari O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining balansiga o'tkaziladi;

bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarining joriy faoliyatini tashkil etish (ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar, kommunal xizmatlar, sport otlariga ozuqa va dori-darmonlar sotib olish hamda boshqalar bo'yicha xarajatlar) O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi;

bolalar-o'smirlar ot sporti maktablari va sport yakka kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablarining ot sporti bo'linmalari faoliyatini tashkiliy-metodik taminlash O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Federaciya bilan birgalikda amalga oshiriladi.

4. Markaz huzurida laboratoriya tashkil etilsin va unga otlarning qon guruhini aniqlash va malumotlar bazasini yaratish bo'yicha vazifalar yuklansin.

5. “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va “O'zqurilishmateriallari” AJning mazkur qarorga muvofiq Qashqadaryo viloyatida tashkil etilayotgan bolalar-o'smirlar ot sporti maktabi hamda Farg'ona shahar sport yakka kurashlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining ot sporti bo'linmasi o'quvchilari keyinchalik bepul foydalanishlari uchun “Qorabayir otchilik majmuasi” UK va “Vodiy tulporlari” MCHJning Qorabayir zotli otlarni etishtirish va ko'paytirish majmualariga sport otlarini tegishlicha “O'zbekiston temir yo'llari” AJ hamda “Kvarts” AJning mablag'lari hisobidan sotib olish tashabbusi qo'llab-quvvatlansin.

6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda ot sporti klublarini tashkil etish maqsadida tadbirkorlik subektlariga bepul foydalanish uchun zarur binolar va inshootlarni taqdim etish choralarini ko'rsin, zarur hollarda mazkur bandni amalga oshirish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. SHunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi Federaciya faoliyatini moliyalashtirishga yo'naltiriladigan xayriya yordami ko'rinishidagi mablag'lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning o'n foizidan ko'p bo'lmagan miqdorga kamaytiriladi.

8. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Federaciya:

Markaz laboratoriyasini zamonaviy uskuna va malakali mutaxassislar bilan jamlanishini taminlasin;

mutaxassis-chavandozlar, Markaz laboratoriyasi mutaxassislari, kavaler-instruktorlar, shuningdek, manfaatdor idoralar xodimlarini xorijda o'qitish va malakasini oshirishni tashkil etsin;

bolalar-o'smirlar ot sporti maktablarini malakali mutaxassislar, zarur o'quv-metodik adabiyotlar bilan jamlash, shuningdek, o'quv-mashq jarayonini lozim darajada tashkil etish uchun o'quv binolarini jihozlashning zarur chora-tadbirlarini taminlasin;

ikki hafta muddatda 2019 yilda ot sporti bo'yicha hududlar va respublika birinchiligi musobaqalarini o'tkazish, shuningdek, keyinchalik Sport va jismoniy-ommaviy tadbirlar kalendar rejasiga kiritish uchun mazkur sport turi bo'yicha xalqaro turnirlarda ishtirok etish rejasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda bolalar-o'smirlar ot sporti maktablari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga pullik xizmat ko'rsatish tartibini, jumladan, mazkur xizmatlar hajmini ko'rsatgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

uch oy muddatda “Markaziy ippodrom” AJning qurilish-montaj ishlarini yakunlash, shuningdek, keyinchalik ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda faoliyat ko'rsatishi uchun moliyalashtirishning qo'shimcha manbalarini jalb qilish bo'yicha takliflarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va Xalq talimi vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Federaciya bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan talim muassasalarida talim olayotgan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ippoterapiya uslubi yordamida tibbiy-ijtimoiy reabilitaciya qilish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilsin.

10. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida ushbu qaror doirasida tashkil etiladigan bolalar-o'smirlar ot sporti maktablari taminoti hamda ularni moddiy-texnik jihozlash, shu jumladan, sport otlarini parvarishlash uchun zarur bo'lgan byudjet mablag'larini nazarda tutsin.

11. O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining CHegara qo'shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi 2019-2020 yillarda Federaciya ko'magida ot sporti maktablari hamda klublarini tashkil etish va o'z tasarrufida bo'lganlarini takomillashtirish choralarini ko'rsin, shuningdek, idoraviy mansub yilqichilik va sport bazalarini ularda yoshlarni ot sporti bilan shug'ullanishga jalb etish maqsadida barcha uchun ochiq bo'lgan sekciyalar hamda to'garaklarni tashkil etgan holda modernizaciya qilsin.

12. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oliy va kasb-hunar talimi muassasalarida kadrlar va mutaxassis-yilqichilar tayyorlash o'quv rejalari hamda dasturlarini takomillashtirishni taminlasin, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ularning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini ko'rsin.

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyundagi “O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3057-son qaroriga ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.

14. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi rahbari Z.SH.Nizomiddinov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o'rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                         SH.MIRZIYOEV


Toshkent shahri,

2019 yil 18 fevral

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing