So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

03 mar 11:13
Yangiliklar

Tadbirlar

Yodgor Sadiev, To'lagan Isoqov va yana bir guruh faxriylarga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi

Teglar :  Yodgor Sadiev
O'zbekiston sport faxriylari kengashi faoliyati davomida uzoq yillar mamlakatimiz sportini rivojlantirish yo'lida xizmat qilgan fidoyilarimizga ehtirom ko'rsatib kelmoqda.

Kecha ham umrining katta qismini sportimizning bugungi darajasiga chiqishida o'z hissalarini qo'shgan bir guruh fidoyilarimizga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi. Ushbu tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va bir guruh faxriylarimiz ishtirok etishdi.

Tadbirni Oybek Kasimov ochib berar ekan, ishtirokchilarga o'zining iliq tilaklarini bildirdi.

“Avvalambor, Sizlarni yana bir bor Qo'mitamizda ko'rib turganimizdan bag'oyat mamnunmiz. Sizlar bizning ustozimizsiz. Bir necha yil avval Sizlar mamlakatimizda boshlab bergan Olimpiya harakatini bugun biz davom ettirmoqdamiz. Sizlarning yurtimiz sporti rivojiga qo'shgan hissangiz haqida qancha gapirsak ham oz. Bahodir aka boshchiligidagi faxriylar kengashi jamoasi so'nggi davrda ancha faol ishlamoqda. Biz ular bilan yonma-yon turib, barcha yordamni ko'rsatishga tayyormiz”, – dedi Oybek Kasimov.

So'ng Bahodir Maxsitov bugun ko'krak nishoni bilan taqdirlangan faxriylar faoliyati haqida qisqa gapirib o'tdi. SHundan keyin turli davrlarda o'zbek sporti rivoji yo'lida xizmat qilgan Saidmuxtor Saidqosimov, Yodgor Sadiev, To'lagan Isoqov, SHuhrat Dehqonov kabi fidoyilarga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishonlari topshirildi.

Tadbirda taqdirlangan mehmonlar va ishtirokchilar davlatimiz tomonidan bugungi kunda sportga qaratilayotgan etibor, faxriylarimizga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik haqida alohida gapirib o'tishdi. O'zlari faoliyat olib borgan davr, yaqin o'tmishdagi yorqin xotiralar bilan o'rtoqlashib, dildan suhbat qurishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing