So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

12 mar 16:57
Yangiliklar

Engil atletika, Boshqalar

Yomg'ir ostidagi Toshkent xalqaro marafoni qanday o'tdi? (FOTOGALEREYA)

Teglar :  Marafon
Bugun Toshkent shahrida uzoq kutilgan Toshkent xalqaro marafoni tashkil etildi.

Beshinchi bor tashkil etilgan mazkur musobaqada 34 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bellashdilar. Yana bir ahamiyatli jihati, bir vaqtning o'zida Respublikamizning barcha viloyatlarida «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi ham o'tkazildi, deya xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Musobaqaning ochilish marosimida rasmiylardan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi Viktor Mahmudov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi. Mutasaddilar musobaqani ochiq deb elon qilishar ekan, bu kabi ommaviy sport tadbirlarining tashkil etilishi Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirish, aholi salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi. 

Ochilish marosimidan so'ng bellashuvlarga start berildi. Unda minglab professional va havaskor sportchilar 3 km, 10 km, yarim marafon va marafon yo'nalishlarida bahs olib borishdi. Kutilganidek, musobaqaga Keniyada tayyorgarlik ko'rgan O'zbekiston terma jamoasi azosi SHohruh Davlatov yarim marafon dasturida mamlakat rekordi bilan marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi. SHuningdek, yana bir qator vakillarimiz sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi. G'olib va sovrindorlar: 


3 km, erkaklar: 

1. Diyorbek Ahmedov - 9:16

2. Eldor Botirov - 9:17

3. Jahongir Raxmatullaev - 9:33


3 km, ayollar: 

1. Anastasiya Silchenkova - 10:27

2. Go'zal Maxamatovalieva - 10:38

3. Oyzira Jo'raqulova - 10:43


10 km, ayollar: 

1. Sitora Hamidova - 39:34,29

2. SHohsanam Xurramova - 40:46,54

3. Kamola Ablamova - 42:23,46


Yarim marafon, erkaklar: 

1. SHohruh Davlatov (O'zbekiston) - 1:03:37

2. Nodir Mutalipov (O'zbekiston) - 1:06:50

3. Mixail Kulkov (O'zbekiston) - 1:07:51


Yarim marfon, ayollar: 

1. Aynuska Xalil kizi (Qirg'iziston) - 1:15:47

2. Aziza Mirzakbarova (O'zbekiston) - 1:21:32

3. Moxinabonu Komilova (O'zbekiston) - 1:24:17


Marafon, erkaklar: 

1. Baxtiyor O'tkirov (O'zbekiston) - 2:20:13

2.Ilya Pyankin (Qirg'iziston) - 2:25:61

3.Islom Amangos (Qozog'iston) - 2:29:58


Marafon, ayollar:

1. Gulshanoy Sattarova (Qirg'iziston) - 2:46:30

2. Ekaterina Vasilchenko (Ukraina) - 2:59:28

3. Ekaterina Tunguskova (O'zbekiston) - 3:00:29.

Taqdirlash marosimida kecha tadbir doirasida bolalar o'rtasida o'tgan «Cids Run» yo'nalishining g'olib va sovrindorlari ham sovg'alarni qabul qilib olishdi. Garchi bugun sportchilar marafon yo'nalishida Parij-2024 Olimpiadasining normativini bajara olmagan bo'lsalar ham, qimmatli reyting ochkolariga ega bo'lishdi.


Marafondan suratlarni tomosha qiling. 

Foto: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing