So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

04 sen 11:51
Yangiliklar

Qilichbozlik

Yosh qilichbozimiz Tailanddagi musobaqada birinchi o'rinni egalladi

Teglar :  Qilichbozlik
Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo kadet cikli musobaqasining navbatdagi bahslari nihoyasiga etdi.

Unda o'zbekistonlik yosh qilichbozlar sablya yo'nalishida yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

O'g'il bolalar o'rtasidagi bellashuvlarda qitamizning 9 mamlakatidan 56 nafar sportchi qatnashdi. O'zbekiston terma jamoasi safida Jaloliddin Dushamboev, SHerzod Mamutov, Bobur Rasulov va Bekzod Olimjonovlar ishtirok etishdi. Quvonarlisi, Jaloliddin Dushamboev musobaqa davomida ikki nafar singapurlik, shuningdek, Gonkong vakilini mag'lub etib, finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa iordaniyalik Abdalla Altalani 15:9 hisobida mag'lub etdi va musobaqa g'olibiga aylandi. 

Bahslarda ishtirok etgan boshqa bir sportchimiz SHerzod Mamutov esa Iordaniya, Gonkong kabi mamlakat vakillarini mag'lub etib, yarim finalgacha etib bordi. Final ostonasida kechgan bahsda esa iordaniyalik Abdalla Altalaga mag'lub bo'ldi va bronza medali bilan kifoyalandi.

Qizlar o'rtasidagi bahslarda esa Osiyoning 7 mamlakatidan 40 nafarga yaqin sportchi o'z omadini sinab ko'rdi. O'zbekiston sharafini Zaynab Dayibekova, Gulbonu Esemuratova, Sevila Xudoyberganovalar himoya qilishdi.

Zaynab Dayibekova turnir doirasida Yaponiyaning uch nafar sportchisini mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib bordi. Finalda esa gonkonglik Man Lare Leungga mag'lub bo'ldi va yakunda kumush medal sohibasiga aylandi. Gulbonu Esemuratova esa Tailandning ikki sportchisini mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi. Yarim finalda esa gonkonglik Man Lare Leungga yutqazib, bronza medalini qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing