So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

02 dek 20:12
Yangiliklar

Qilichbozlik

Yosh qilichbozlar Qarshi shahrida rapira yo'nalishida bellashdilar

Teglar :  Qilichbozlik
29-30 noyabr kunlari Karshida qilichbozlik bo'yicha 2006-2011yillarda tug'ilgan yigitlar va qizlar o'rtasida “O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi kuni”ga bag'ishlangan ochiq turnir bo'lib o'tdi.

Mazkur turnirning birinchiligi uchun Qashqadaryo hamda Xorazm viloyati qilichbozlari o'zaro bahs olib borishdi. Yakkalik hamda jamoaviy bahslar yakuniy natijalariga ko'ra quyidagi sportchilar ushbu Ochiq turnir sovrinlariga ega bo'ldilar:

Qizlar o'rtasida yakkalik birinchiligi uchun olib borilgan bellashuvlarda Karshi shahridan Tatyana Klicheva shohsupaning yuqori pog'onasini egallab, birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 2-o'rinni esa Xivalik (Xorazm viloyati) O.Ruzmetova egalladi. Musobaqaning 3-o'rni Qarshi shahridan Kamila Allaberdieva va Xorazm viloyati sportchisi A.Rajabbaevalarga nasib etdi.

O'g'il bolalar o'rtasida qizg'in kechgan yakkalik kurashida Xivalik qilichboz A.Zaripboev g'oliblikni qo'lga kiritib, mazkur turnirning birinchi o'rniga loyiq deb topildi. 2-o'rinni Qarshi shahridan, Xusan Marufjlonov egalladi. 3-o'rin esa, Qashqadaryolik rapiristlar Roman Djuraev hamda Samandar Xaydarovlarga nasib qildi.

O'g'il bolalar hamda qizlar o'rtasida qilichbozlikning rapira yo'nalishida o'tkazilgan jamoaviy bahslar yakuniga ko'ra Qarshi shahri sportchilari 1- o'rinni qo'lga kiritishdi.

1-o'rin — Qarshi sh.

2-o'rin — Xiva sh.

Aytish kerakki, mazkur musobaqa o'zining ahamiyatliligi bilan yoshlar o'rtasida qilichbozlikni yanada ommalashtirish, kelajak avldod salomatligini mustahkamlash, kichik yoshdagi sportchilarning qilichbozlik bo'yicha sport mahoratlarini oshirish, mamlakatimiz mintaqalari o'rtasida o'zaro do'stlik va sport munosabatlarini mustahkamlash hamda murabbiylarning tajriba almashinuvini samarali amalga oshirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi. 

O'QF matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing