So’nggi yangiliklar

19:07"Даража борасидан ундан кучлиман". Стивенсон Ломаченкони қўрқоқликда айблади 0 18:45Фьюри Усикни ҳурмат қиладими? Боксчи жавоб берди 0 18:24"Реал" яқин орада Карвахаль билан янги шартнома имзоламоқчи 0 18:01Фьюрининг отаси нима учун Усикнинг жамоадошига зарба берганини айтди 0 17:39Андрей Рублёв Римда 109-ракеткага ютқазди 0 17:17Нурсултон Рўзибоевнинг Хоакин Баклига қарши жангидан қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 16:55"Бавария" АПЛдан 60 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи 0 16:32Фьюри Кличко ва Усикни таққослади 0 16:10Магнус Карлсен кетма-кет еттинчи турнирда ғалабага эришди 0 15:47Майк Тайсон Усик-Фьюри жангига тахмин билдирди 0 15:24"Ал Иттиход" ёзда тер Штегенни сотиб олмоқчи 0 15:01Ломаченко Хейнига учралган мағлубиятдан сўнг фаолиятини якунлашни истаганини айтди 0 14:39Мураббий: "Порье Махачевни мағлуб эта олади" 0 14:17Тайсон ва Пол илк бор юзма-юз келди (ВИДЕО) 1 13:53"Реал" етакчиси МЛС клубларидан таклиф олди 0

24 apr 08:57
Yangiliklar

Boks/MMA

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida kuchli tarkib bilan qatnashamiz, Astanaga Olimpiada licenzianti ham boradi

27 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha yoshlar, yani 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.

Qitamizning 30 ga yaqin davlatidan 400 nafardan ziyod bokschilar ishtirok etadigan nufuzli musobaqada O'zbekiston yoshlar va qizlar terma jamoalari ham to'liq tarkibda yurtimiz sharafini himoya qiladi. Delegaciyamiz kuchli tarkibda musobaqa manziliga etib boradi. Tarkibdan Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti Nigina O'ktamova (54 kg) ham bor.  

Malumot uchun, 2023 yilning yanvar oyida Tailandning Bangkok shahrida o'tgan so'nggi ASBC U22 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 14 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi.

Bu galgi Osiyo chempionatida 2002, 2003, 2004 va 2005 yillarda tug'ilgan yoshlar 22 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi musobaqada medallar uchun bahs olib boradi. 2006 va 2007 yillarda tug'ilgan bokschilar esa o'smirlar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etadi. 

22 yoshgacha bo'lgan bokschi qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Nigina O'ktamova (54 kg)dan tashqari Farzona Fozilova (48 kg), Gulsevar G'anieva (50 kg), Feruza Kazakova (52 kg), Mohinabonu Abdullaeva (63 kg), Aziza Zokirova (75 kg) va Oltinoy Sotimboeva (81 kg) medallar uchun ringga ko'tariladi. 

O'smirlar o'rtasidagi qita chempionatida esa Jasmin Tohirova (48 kg), Zilolaxon Yusufova (52 kg), Uzukjamol Yunusova (54 kg), Ruxshona SHakarova (66 kg), uch karra Osiyo chempioni Oysha Toirova (70 kg), Sanobar Bozorboeva (75 kg) va Sobiraxon SHahobiddinova (+81 kg) yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

22 yoshgacha bo'lgan bokschi yigitlar musobaqasida kattalar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi SHodiyorjon Meliqo'ziev (48 kg), Osiyo chempioni Asilbek Jalilov (51 kg), Xo'janazar Nortojiev (54 kg), SHavkatjon Boltaev (67 kg), Javohir Ummataliev (75 kg),  Fazliddin Erkinboev (80 kg) hamda Bahodir Jalolovning izdoshi sifatida qaralayotgan Jahongir Zokirov ringga chiqadi. 

O'smir yoshdagi bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida esa Abdulaziz Abdunazarov (51 kg), Sobirjon Tastanov (54 kg), Mironshoh Norqosimov (60 kg), Abdulloh Tohirov (63,5 kg), Maxsudxon Meliev (92 kg) va SHahzod Polvonov (+92 kg) o'z mahoratini namoyish etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing