So’nggi yangiliklar

10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0

06 dek 16:20
Yangiliklar

Boshqalar

Yoshlar siyosati va sport vazirligi sportchilar uchun stipendiya berish haqidagi nizom davlat ro'yxatidan o'tkazildi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi nizom davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Ushbu Nizomda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to'lash tartibi belgilandi.

Stipendiya har oylik to'lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.

Stipendiya O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligida tuziladigan Stipendiya komissiyasi tomonidan tayinlanadi.

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi har chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar belgilangan mezonlar asosida sport terma jamoalari tarkibidagi sportchilardan stipendiyaga nomzodlar ro'yxatini tuzadi va Stipendiya komissiyasiga taqdim qiladi. 

Stipendiya komissiyasi masul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar ro'yxatini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni 15 kun ichida ko'rib chiqadi.

Stipendiya komissiyasi yig'ilishida umumiy ovoz berish yo'li bilan stipendiya tayinlash va to'lash to'g'risida yoki stipendiya tayinlashni rad etish to'g'risida qaror qabul qilinadi.

Stipendiya bir yil muddat davomida har oy mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida to'lanadi.

Stipendiya harbiylar o'rtasidagi va talabalar o'rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo'lganlar uchun ham tayinlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing