So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 mar 16:41
Yangiliklar

Bolalar sporti, Suv sporti turlari

Yoshlarga Navro'z tuhfasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017 yil 29 iyun kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumaniga qilgan tashrifi davomida mazkur hududda yangi usti yopiq suv havzasi barpo etish taklifini bildirgan edi.

Navro'z umumxalq bayrami arafasida, aniqrog'i 20 mart kuni Mirzo Ulug'bek tumanidagi “Katta Qorasuv” mahallasi hududida yangi yopiq turdagi basseyn foydalanishga topshirildi.

Yopiq-suv-havzasi (4).jpg

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobiga barpo etilgan obektning ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur majmuani qurish uchun jamg'arma mablag'lari hisobidan 5 milliard so'm ajratildi. O'lchami 11x25 metr bo'lgan yopiq suzish havzasida murabbiylar hamda suv sporti bilan shug'ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya va eng muhimi, bolalar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalarni kuzatib borish uchun tomoshabinlarga o'rindiqlar ham mavjud.

Yopiq-suv-havzasi (7).jpg

Mirzo Ulug'bek tumani 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda bir kunda 120 nafar o'g'il-qiz suzish sporti sirlarini o'rganishi mumkin. Qolaversa, yangi majmua yoshlarning mashg'ulotlaridan bo'sh vaqtlarida aholiga ham xizmat ko'rsatishi ko'zda tutilgan.

Yana bir etiborga molik jihat, bolalar va o'smirlar sport maktabiga jamg'arma tomonidan 52 turdagi 70 million so'mlik sport jihozlari ham topshirildi.

Yopiq-suv-havzasi (8).jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing