So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

23 may 07:41
Yangiliklar

O'q otish, Engil atletika, Boshqalar

Yozgi biatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati yakunlandi

CHirchiq shahridagi Jaloliddin Manguberdi sport majmuasida yozgi biatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati yakunlandi.

S.Nichipurenko xotirasiga bag'ishlangan musobaqaning erkaklar o'rtasidagi sprint dasturi 4000 metr masofada o'tkazilib, uni Surxondaryo viloyati vakili, sport ustasi Vitaliy Slastyon 15 daqiqa 59 soniyada bosib o'tdi. Undan 14 soniya ortda qolgan farg'onalik Muzaffar Mamasoliev ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Buxorolik sportchi Uyg'un Zamonov esa finishga peshqadamdan 26 soniya kechroq etib kelgan.

CHempionatning ikkinchi kuni taqib poygalari ham murosasiz ko'rinish oldi. Dastlabki o'rin sohiblari taqibchilarini etib olishlariga imkon yaratishmadi. Vitaliy Slastyon yana birinchi, Muzaffar Mamasoliev esa ikkinchi bo'lib marraga etib kelishdi. Uchinchi o'ringa esa namanganlik Doniyor Qurbonaliev sazovor bo'ldi. Qisqa tanaffusdan sung yana mamlakat chempionatida qatnasha boshlagan iqtidorli sportchi Murod Hojiboev to'rtinchi o'ringa ko'tarildi.

“Musobaqalarda 15 yoshli sportchilarni ham startga chiqib, kattalar o'rtasidagi chempionatda etakchilik uchun kurashganini O'zbekiston birinchiliklarining samarasi sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari, yosh sportchilarning terma jamoamiz tarkibida jahon kubogi va chempionatlarida tajriba orttirgan sportchilarimizga qarshi tengma-teng kurash olib borayotgani respublikamizda iqtidorli yoshlarning ko'pligi, ularni saralash va xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun hali ko'p mehnat qilishimiz kerakligini ko'rsatmoqda”, – deydi chempionat bosh hakami, respublika texnik va amaliy turlari markazi bosh direktori o'rinbosari SH.Ismatullaev.

CHempionatning ayollar o'rtasidagi sprint bahslari 3000 metr masofada tashkil etildi. Unda samarqandlik sportchilar etakchilik qilishdi. Madina Sagatova (15 d. 57 s), Sevara CHorieva (18d. 07 s) hamda Ezoza Xoshimova (18d.52s) kuchli uchlikdan joy olishdi. Aynan shu sportchilar taqib poygalarida raqiblarini quvib etishlariga imkon berishmadi. Har ikkala yo'nalishda Toshkent, Namangan, Farg'ona viloyati sportchilari etakchilarning asosiy taqibchilari bo'lishdi.

Umumjamoa hisobida Samarqand viloyati sportchilari birinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Surxondaryo va Farg'ona viloyati biatlonchilariga nasib qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing