So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

25 may 11:38
Yangiliklar

O'q otish, Engil atletika

Yozgi biatlonchilarning sarasi aniqlandi + FOTO

Teglar :  Yozgi biatlonXorazm
Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida joylashgan o'quv-mashg'ulot maydonida 2003 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi o'smirlar o'rtasida yozgi biatlon bo'yicha Xorazm viloyati chempionati o'tkazildi.

“Men g'olib!” shiori ostida uyushtirilgan mazkur musobaqada O'zbekiston respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tizimidagi tashkilotlarning sport sekciyalari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan 17 ta jamoaning 37 nafar yozgi biatlonchisi o'z mahoratini namoyish etdi.

Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, qizlar birinchiligida Bog'ot tumani o'quv sport texnika klubi azosi Sarvinoz Sultonboeva viloyat chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, Surayyo Komilova (Bog'ot tumani O'STK) va Ziyoda Jumamuratova (Qo'shko'pir tumani O'STK) mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinni egallashdi.

O'g'illar orasida Qo'shko'pir tumanidagi “O'rtayop” o'quv sport texnika klubi sportchisi Diyorbek Rajabov zafar quchdi. SHuningdek, qo'shko'pirlik Alimardon Umarjonov va shovotlik Mirzabek Qadamboev sovrindor bo'lishdi.

Umumjamoa hisobida kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish oldi: 

1-o'rin. “O'rtayop” O'STK. 2-o'rin. Bog'ot tumani O'STK. 3-o'rin. Qo'shko'pir tumani O'STK.

Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan O'zbekiston respublikasi Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov g'olib va sovrindorni qutlab, ularni diplom va sovg'alar bilan taqdirladi.

Endilikda, eng yaxshi xorazmlik yosh yozgi biatlonchilar 25-29 may kunlari CHirchiq shahrida S.V.Nichipurenko xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladigan O'zbekiston chempionatida voha sharafini himoya qiladilar.

Ikrom  XUDOYBERGANOV, Urganch tumanidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing