So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

07 mar 15:55
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Yuragi bo'shlarga tavsiya etilmaydi! UFC tarixidagi eng dahshatli va qo'rqinchi jarohatlar + FOTO

UFC tarixidagi eng qo'rqinchli jarohatlarni ko'rganmisiz?

UFC oktagoni qo'rqinchli joy. 25 yildan ortiq tarix davomida aralash yakkakurashlar dunyosidagi asosiy promoushen ko'plab shafqatsiz janglarni o'tkazdi. Oktagonga kirgan har bir kishi kaltaklanish xavfi bilan to'qnashadi, bazida bu noxush oqibatlarga olib keladi.

Oktagonda olingan juda ko'p dahshatli jarohatlar fonidagi ayrim jarohatlar o'ta qo'rqinchli ko'rinadi. Quyida ularning ayrimlari to'g'risida so'z yuritamiz.


Marvin Istman jarohati

Yarim og'ir vaznli Marvin Istman Ultimate Fighting Championship'dagi debyutini 2003 yil iyun oyida UFC 43'da Vitor Belfortga qarshi o'tkazdi. Jangning boshida Belfort debyutantning yuzini qilichdek kesib tashladi. Uning tizzasi Istmanning peshonasiga tushdi va bu UFC tarixidagi eng jiddiy jarohatga olib keldi. Tabiiyki, jang to'xtatildi va Belfort texnik nokaut bilan g'alaba qozondi.


Tim Silviyaning cingan qo'li

2004 yil iyun oyida Silviya UFC og'ir vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritishga harakat qildi. Buning uchun u UFC 48'da vakant qolgan kamar uchun jangda Frenk Mirni mag'lub etishi kerak edi. To'qnashuv boshida Mir raqibning o'ng qo'lini ushlab oldi. Silviya raqibidan qutulishga urinayotganda, uning tirsagining biroz pastroq qismi yorilib ketdi. Hakam mag'lubiyatga uchragan tomonning etiroziga, u davom eta olishiga ishontirganiga qaramay, jangni darhol to'xtatib, g'alabani Mirga berdi.


Nogeyraning cingan qo'li

2011 yil dekabr oyida UFC 140 musobaqasida Antonio Rodrigo Nogeyra Frank Mir bilan revansh jangini o'tkazdi. Nogeyra jang boshida Mirni nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq bo'ldi. Ammo Mir eng qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi va qisqa fursatda uning o'zi ham qulay poziciyaga ega bo'ldi. U kimurani qo'lladi, Nogeyraning o'ng bilagi esa bunga chiday olmadi va hakam aralashishga majbur bo'ldi. Mirning g'alabasi texnik sabmishn bilan tasdiqlandi va Mir shu tariqa yana bir raqibining qo'lini sindirdi.


Jon Jonsning oyoq barmog'i

2013 yil aprel oyida UFC 159 musobaqasida yarim og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jons bir qator oyoq va tirsak zarbalaridan so'ng birinchi raund tugashiga 27 soniya qolganda CHeyl Sonnenni texnik nokaut bilan mag'lub etdi. Biroq, g'alaba yo'lida Jons oyoq barmog'ini sindirdi.


Anderson Silvaning «qiyshiq» oyog'i

O'rta vazn toifasida promoushenning uzoq yillik chempioni Anderson Silva 2013 yil dekabr oyida UFC 168 turnirida Kris Uaydman bilan tezkor revansh jangida o'z kamarini qaytarib olishga harakat qildi. Ikkinchi raundda Silvaning loukiki Uaydmanning tizzasiga tegib, braziliyalikning oyog'i dahshatli darajada sinib ketdi. Va Uaydeman birinchi marta o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.


Lesli Smitning qulog'i

2014 yil noyabr oyida Meksikada bo'lib o'tgan UFC 180 turnirida engil vazn toifasidagi jangda kamdan-kam uchraydigan dahshatli voqea yuz berdi. Ikkinchi raundda Jessika Ay o'ng qo'li bilan Lesli Smitning chap qulog'ini yirtib tashladi. Hakam Smitning davom ettira olmasligini hisobga olib jangni to'xtatdi va texnik nokaut bilan g'alabani Ayga berdi.


Mett Mitrion gematomasi

2016 yil yanvar oyida UFC Fight Night 81 musobaqasi. Og'ir vazn toifasi. Mett Mitrion va Trevis Braun o'rtasidagi jang. To'qnashuv paytida Braun raqibining o'ng tomonidan o'tib, o'ng ko'ziga zarba berdi, bu esa gematoma paydo bo'lishiga olib keldi, juda katta va qo'rqinchli gematoma edi. Braun uchinchi raundda kuchli zarblari bilan jangni o'z foydasiga hal qilishga hakamni ishontirdi.


Alister Overimning labi

2019 yil dekabr oyida UFC ESPN 7'da og'ir vazn toifasidagi faxriy jangchi Overim Jairjino Rozenstruykni karerasidagi birinchi mag'lubiyat bilan siylashga juda yaqin keldi. Ammo so'nggi - beshinchi raund tugashiga sanoqli soniyalar qolganda, mag'lubiyatga uchrayotgan jangchi Overimga o'ng qo'lida shafqatsiz zarba yo'lladi va uni nokaut qildi. Bu zarba Alisterning yuqori labini qattiq yirtib yubordi.


Yoanna Edjeychikning peshonasi

O'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Yoanna Edjeychik 2020 yilning mart oyida bo'lib o'tadigan UFC 248 kechasida amaldagi chempion CHjan Veyli bilan to'qnash kelib, kamarini qaytarib olishga urindi. Ular ayollar MMA tarixidagi eng yaxshi janglardan birini o'tkazdilar va u bir ovozdan xitoylik ayolning g'alabasi bilan yakunlandi. Jang davomida Edjeychik shunchalik ko'p zarbalarni o'tkazib yubordiki, bu uning peshonasida katta ko'karishlar paydo bo'lishiga, bu esa o'z navbatida jarrohning yordamiga murojaat qilishga olib keldi - jangdan keyin polyak plastik jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.


Mark Xominikning gematomasi-avval boshdanoq yakunlangan karera

Mark tashkilotga WEC reklama yulduzi sifatida qo'shildi. Birinchi jangda u kuchli Jorj Rupni dastlabki raunddayoq nokautga uchratdi. Va unga darhol Aldoga qarshi titul jangi berildi. Ehtimol, bu uchrashuv iqtidorli Xominikning asosiy xatosi bo'lgan, chunki u o'shanda chempionlik jangiga mutlaqo tayyor emas edi. Mark Aldoga nisbatan shafqatsiz qarama-qarshilik ko'rsatganiga qaramay, u Jozening boshga yo'llagan eng og'ir zarbalarini qaytarishga urinmadi. Jangchining qoshida katta gematoma o'sib chiqqan. Bu jangdan keyin u hech qachon avvalgi holatiga kela olmadi va yana ketma-ket bir necha mag'lubiyat alamini totib olib, faoliyatini ayanchli tarzda yakunladi.


Mayk Perrining cingan burni

Mayk Perri Urugvaydagi UFC Fight Night 156 turnirida Visente Lukega qarshi oktagonga chiqadi. Jang qonli tartibsizlikka aylandi. Luke uchinchi raundning so'nggi daqiqasida Perrining burnini tizzasi bilan urib sindirdi. Oxir-oqibat, Luke g'alaba bilan, Perri esa qonga botgan burni bilan uyiga qaytdi. Uning dahshatli jarohati tasviri internetda tarqaldi. Perri uyiga qaytganidan so'ng, burnini operaciya qildirdi.


Sarvinoz RAXMONQULOVA tayyorladi

Reyting: -1   

Fikrlar

   
07 mar 19:34:43
Mironsho_Jabborov
Irlandiyalikni oyogichi Sarvinoz apa
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing