So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

10 iyu 19:14
Yangiliklar

Ot Sporti

Yurtimizga ot sportini rivojlantirishning francuzcha modeli olib kiriladi

Bugun Milliy Olimpiya qo'mitasiga Franciyaning “WeKanCode” kompaniyasining bosh direktori, “SUN Group Global” kompaniyasi vice-prezidenti Amori du Burbon Parm tashrif buyurdi.

Franciyalik mehmon Evropada ot sportini ommalashtirish bo'yicha shuhrat qozongan marketologlardan biri hisoblanadi. Mehmonni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov kutib oldi. 

Avvalambor, ot sportini rivojlantirish yo'lidagi hamkorlikda bizni tanlagangizdan mamnunman. Darhaqiqat, yurtimizda ko'plab sport turlari qatori ot sportining rivojlanishi ham jadallik bilan ketmoqda. Ayni paytda shahrimizda 70 gektar joy egallagan yangi ippodorom loyihasining asosiy qismi qurib bitkazildi. Ushbu sportni rivojlantirishga shaxsan Prezidentimiz ham alohida etibor qaratganlar va bu borada maxsus qaror ham elon qilingan. Yurtimiz siz kabi xorijlik ishbilarmonlar uchun o'z eshiklarini ochmoqda. Sizning yordamingizda yurtimizda ot sportini Evropadagidek katta qiziqish ostida kechadigan musobaqalardan qilish niyatidamiz”, – dedi Jasur Matchanov.

O'z navbatida franciyalik mehmon ham tashrif bo'yicha o'zining qator fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.

Yurtingizda birinchi bor bo'lishim. Internet orqali malumot olganimda O'zbekistonni jadallik bilan rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida o'qigan edim. O'z ko'zim bilan ko'ryapmanki, bu rivojlanish tasavvurimdan ham tezroq va shiddatliroq ro'y beryapti. SHubhasiz, bu narsa maqsadingizga ildamroq borishingizga yordam beradi. Ot sportini rivojlantirishning francuzcha modelini yurtingizga olib kirishni niyat qildim. O'z mamlakatimda ushbu sport rivoji qanday bosqichlarda olib borilsa, uni O'zbekistonda ham shunday tatbiq qilamiz. Ushbu tashrifim davomida o'zim uchun kerakli bo'lgan dastlabki malumotlarni olaman. Nasib qilsa, sentyabr oyida yana kelaman va o'shanda hamkorlikning aniq dasturlarini belgilab chiqamiz”, – dedi Amori du Burbon Parm. 

Mehmon suhbat davomida ot sportining Olimpiya o'yinlariga kirgan yo'nalishlari, ot poygalari va yilqichilikni rivojlantirish bo'yicha o'zining qimmatli maslahatlarini berdi. SHuningdek, sohani birgalikda rivojlantirish bo'yicha xorijlik qator investorlar bilan hamkorlini yo'lga qo'yish borasida fikr va mulohazalar olib borildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing