So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

14 noy 20:17
Yangiliklar

Tadbirlar

“Yurtingiz afsonaviy o'zbek velopoygachisi Abdujabborovning tezligidek rivojlanmoqda”

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga Londondagi Vestminster universiteti rektori Piter Bonfild tashrif buyurdi.

Bu mutaxassis sobiq velosportchi bo'lib, ayni damda ushbu sport sohasida jahonning eng etakchi mutaxassislaridan biri hisoblanadi. Xususan, 2012 yil Londonda o'tkazilgan yozgi Olimpiya o'yinlarida velosport bahslarida musobaqa o'tadigan hudud infrastrukturasini ishlab chiqqan. Ushbu mutaxassisni Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

“Vestminster universitetining Toshkentdagi filiali yurtimizdagi eng oldi oliy o'quv-yurtlaridan biri hisoblanadi. Bu dargoh har yili mamlakatimiz uchun yuzlab malakali kadrlarni tayyorlab berishi bilan hurmat qozongan. Muhtaram Prezidentimiz O'zbekistonda sportni rivojlantirish yo'lida xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga alohida urg'u bermoqda. Qolaversa, mamlakatimizni rivojlantirish yo'lida 5 ta muhim tashabbusdan biri ham aynan sportga qaratilgan. Sizning velosportga ham qiziqishingiz ushbu sport rivojini yurtimizda yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

O'z navbatida Piter Bonfild ham yurtimizga qilgan tashrifidan olgan taassurotlari haqida gapirib berdi. 

“Olimpiya harakati dunyodagi barcha insonlarni bir maqsadda birlashtiradi. O'tgan yili ham O'zbekistonga tashrif buyurgan edim. Lekin bugun kelib, butunlay boshqacha qiyofa ko'rmoqdaman. Yurtingiz xuddi afsonaviy o'zbek velosportchisi Jamoliddin Abdujabborovning tezligidek rivojlanib bormoqda. So'nggi 20-30 yil ichida Buyuk Britaniyada velosport rivoji katta bosqichga chiqdi. Bunda mamlakatimizda qo'llanilgan “UK active” loyihasi asosiy omil bo'ldi. Men har doim jahonda velosport rivojlanishi tarafdori bo'lib kelganman. Bu yo'lda qanday yordam kerak bo'lsa, men tayyorman”, – dedi Piter Bonfild. 

Suhbat davomida har ikki tomon o'zaro hamkorlik masalalari bo'yicha atroflicha muhokama olib borishdi. SHuningdek, martabali mehmon 2 kundan so'ng poytaxtimizda o'tkazilayotgan velotrek bo'yicha mamlakat chempionatiga tashrif buyurishini takidlab o'tdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing