So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

26 noy 17:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Muaytay

Yusuf Ibragimov: “Faoliyatimni hali tugatmadim”

Muaytay yurtimizda ommalashgan sport turlaridan biri hisoblanadi.

Bir necha yildan beri ushbu sport turida erishib kelayotgan yuksak natijalarimiz ham bunga misol bo'loladi. Qolaversa, yurtimizda bir qator nufuzli musobaqalar, Osiyo va jahon chempionati, “Buyuk ipak yo'li” turnirlarining o'tkazilishi muaytayning rivojiga xizmat qilib kelmoqda.

Sportchilarimiz Osiyo va jahon chempionatlari, boshqa turli musobaqalarda sovrindor bo'lib kelayotganligi ham quvonarli hol, albatta. Bugunga kunga kelib, muaytay olamida o'z o'rniga ega bo'lgan hamyurtlarimiz ko'plab topiladi.

Ular orasida ko'zga ko'ringani, shubhasiz, Yusuf Ibragimov hisoblanadi. So'nggi yillarda ushbu sportchimiz faoliyatida to'xtalish yuzaga kelgandi. SHunga aniqlik kiritish maqsadida sportchimizni “Muxlis minbari” sahifasiga taklif etdik.

Yusuf Ibragimovning muxlislari ko'p. Quyida muxlislar yo'llagan savollarga javobni etiboringizga havola etamiz.

“News Arena”malumotnomasi

Yusuf Ibragimov 1987 yil 21 noyabrda Samarqand shahrida tavallud topgan. Muaytay bo'yicha 91 kg vazn toifasida jang olib boradi. 10 karra O'zbekiston chempioni. 2008 yilda Tailandda o'tkazilgan “Qiroli kubogi”ni qo'lga kiritgan. 2010 yil jahon chempioni. 2011-2012 yilgi jahon chempionati finalchisi. Osiyo chempionati g'olibi.


Rasul Xolmonov – haydovchi

– So'nggi paytlarda musobaqalardagi ishtirokingizga guvoh bo'lmayapmiz. Faoliyatingizni tugatdingizmi?

– Jarohat olganim bois turnirlarda ko'rinmay qolgandim. SHuning uchun, vaqtinchalik tanaffus yuzaga keldi. SHukrki, hozirda jarohatdan forig' bo'ldim. Endilikda yana sportdagi faoliyatimni boshlayman.

Lutfulla SHamaev – energetik

– Muaytay Samarqandda juda yaxshi rivojlangan. Ushbu sport turini tanlashingizga ham asosiy sabab shu bo'lganmi?

– To'g'ri, shahrimizda ushbu yakkakurash turi yaxshi rivojlangan. CHunki bu erda muaytayning fidoyi mutaxassislari faoliyat olib boradi. Bu fikrda ham qisman jon bor. Lekin shug'ullanishimga o'z qiziqishim sabab bo'lgan.


Muzaffar Otaqo'ziev – tadbirkor

– Muaytayning profi yo'nalishida jang olib borayotgan edingiz. Bundan keyin ham shu yo'nalishda davom etasizmi yoki havaskor ringiga ko'tarilasizmi?

– Havaskor yo'nalishda etarlicha musobaqalarda ishtirok etdim. Endi professional yo'nalishda bahslarda qatnashaman. O'ylaymanki, bu toifada ham yaxshi natijalar qayd etishga ulgurdim. Endi natijalarni yanada yaxshilashga harakat qilaman.

Sobir Karimov – haydovchi

– Mish-mishlarga qaraganda, aralash yakkakurash bo'yicha faoliyatingizni boshlamoqchi ekansiz?

– Bu noto'g'ri. O'ylab ko'rganim yo'q. Bu gaplar qanday paydo bo'lganini bilmadim. Ehtimol, bu yo'nalishda ko'p do'stlarim borligi uchun shunday fikrga kelgan bo'lishsa kerak.


Bobur Maxammatov – talaba

– Professional yo'nalishda necha marotaba jang o'tkazgansiz?

– 23 ta. 22 tasida g'alaba qozondim. Bitta uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganman.

Azizbek Isoqov – iqtisodchi

– Keyingi paytlarda muaytayga etibor biroz pasaygandek, nazarimizda. Balki boshqa sport turiga o'tarsiz?

– Sizga shunday tuyulayotgandir. Lekin etibor hali ham yaxshi. To'g'ri, nufuzli musobaqalar soni kamaygan. Ammo bu borada ham ijobiy ishlarni amalga oshirishga harakat bo'lyapti. O'ylaymanki, muaytayga qiziqish hech qachon so'nmaydi. SHu sport turi orqali elga tanildim. Ozmi-ko'pmi, mehnatim singdi. SHunday ekan, shu sportda qolaman.

SHerzod G'oziev – duradgor

– Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'tkazgan jangizga aniqlik kiritib o'tsangiz. U qanday bellashuv edi, nazarimda, rasmiy musobaqa emasdi...

– Bu jangni norasmiy, deb atab bo'lmaydi. Mashhur rossiyalik kurashchi, uch karra Olimpiada chempioni Aleksandr Karelin sovrini uchun o'tgan musobaqa edi. Unda Rossiyaning birinchi raqamli muaytaychisi Semyon SHelepov bilan jang olib borganman. Ko'rgan bo'lsangiz, nokaut bilan g'alaba qozongan edim.

O'tkir Malikov – tadbirkor

– Professional muaytay bo'yicha jang olib borasiz. Hamyurtimiz Murod Xonto'raev esa K-1 yo'nalishida chempion bo'ldi. Bir vazn toifasidasizlar. Demak, to'qnash kelishingiz mumkin ekan-da?

– Murod bilan yaqin do'stmiz. Juda kuchli jangchi. Hurmatga arziydigan inson. To'qnash kelishimiz mumkindir. Bu sport, hamma narsa bo'lishi ehtimoli bor.


Odil Siddiqov – tibbiyot xodimi

– Muaytay qo'l jangi, kikboksingga yaqin sport turi hisoblanadi. Ushbu yo'nalishlarda o'zingizni sinab ko'rmaganmisiz?

– Sinab ko'rganman. Qo'l jangi bo'yicha Osiyoning vice-chempioni bo'lganman. Kikboksingda esa O'zbekiston chempionatida g'olib chiqqanman.

Musulmonbek Ibrohimov – jurnalist

– Faoliyatingizda yagona mag'lubiyat bor. Ushbu jang haqida malumot berib o'tsangiz?

– Ushbu bahs Tailandning Pattayya shahrida bo'lgan. O'shanda bir oy ichida to'rt marotaba ringga ko'tarilganman. Biroz jarohat orttirib olgandim. SHuning uchun kanadalik raqibimga imkoniyatni boy berib qo'ydim. O'zimni oqlamoqchi emasman. Lekin uni yutish imkoniyatiga ega edim. Nima bo'lganda ham bu mag'lubiyat edi.


Xurshid Sariqov – fermer

– Hozirda ham Bahodir Hasanov qo'l ostida mashg'ulotlar olib borasizmi?

– Samarqandda tajribali murabbiy Bahodir aka ko'rsatmalarini qunt bilan o'rganib kelyapman. Erishgan muvaffaqiyatlarim zamirida shu insonning ham beqiyos xizmatlari yotibdi. Fursatdan foydalanib, ustozimga minnatdorchiligimni bildiraman.

Furqat Siddiqov – muhandis

– Muaytay Tailand milliy sport turi hisoblanadi. SHunga ko'ra, jiddiy raqiblar ushbu mamlakat vakillarimi?

– Albatta, tailandliklar juda kuchli hisoblanishadi. Lekin boshqa mamlakat vakillari, masalan Rossiya, Belorus, Kanada muaytaychilari ham kuchli sanaladi.

Otabek Davlatov – bojxona xizmati xodimi

– Yurtimizda avvallari “Buyuk Ipak yo'li” turniri o'tkazilardi. Unda ishtirok etgansiz. Saviya jihatidan boshqa turnirlar bilan bellasha olarmidi?

– SHubhasiz, juda yuqori saviyadagi turnir edi. Tashkilotchilik ham ideal darajada bo'lgan. Tailanddan nufuzli mehmonlar tashrif buyurishardi. Sportchilar ham jiddiy edi. Bemalol muaytay bo'yicha sara musobaqa, deb aytsak bo'ladi.


Anvar Madaminov – tadbirkor

– Tajribali sportchi sifatida hozirgi yoshlar orasida kimlarning mahoratiga yuqori baho berasiz?

– Yurtimizda kuchli, iqtidorli yoshlar ko'p. Ularni nomma-nom sanab chiqsam, vaqt etmaydi. Kelajakda ko'plab jahon chempionlari etishib chiqadi, deb o'ylayman.

Rustam Mirdadaev – rejissyor

– Sportchi faoliyati davomida ko'p bor jarohatga uchraydi. SHunday paytda sportchi bo'lganingizdan afsuslanganmisiz?

– Nega afsuslanish kerak?! Erkak kishi jarohat tufayli tanlagan yo'lini tashlab qo'ymaydi. Har sohaning o'ziga yarasha mashaqqati bo'ladi. SHu qiyinchiliklarni engib o'tsagina, maqsadiga etadi.


Ahmadbek ESHMATOV tayyorladi

“News Arena”gazetasining 29-sonidan (2016 yil) olindi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing