So’nggi yangiliklar

12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0 10:16Наоя Иноуэ навбатдаги жангини "Уэмбли"да ўтказиши мумкин 0 09:54Мирра Андреева Рим WTA 1000 турнири илк даврасидаёқ ютқазиб қўйди 0 09:33Муроджон Аҳмадалиев АҚШда навбатдаги жанги учун тайёргарликни бошлади + ФОТО 0 09:12Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди 0 08:51Ўзбекистонлик аралаш якка кураш устаси Дана Уайтга ўзига хос мурожаат йўллади + ФОТО 0 08:28Ўзбек миллий кураши яна бир нуфузли тадбир дастурига киритилди 0 08:05Боксчиларимиз U22 Осиё чемпионатини 20 та медаль билан якунлади 0 07:30ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди 0

21 okt 18:41
Yangiliklar

Velosport

Zabelinskaya nima sababdan Rossiya termasidan voz kechib, O'zbekiston termasiga o'tganini aytdi

Velopoygachi Olga Zabelinskaya 2018 yilda Rossiya termasidan O'zbekiston termasiga o'tgani sababini aytdi.

Bunga qadar Olga Rossiya termasi sharafini himoya qilgan va Olimpiadaning uch medalini qo'lga kiritgan: Rio-206da kumush, London-2012da ikkita bronza.

"Riodagi shohsupada turgan paytim termani almashtirish g'oyasi kelgan. Aynan nima sababligi esda yo'q, ammo o'shanda nafaqat meni, balki boshqalarni ham qadrlanmasligini tushunganman. U erda faqatgina ayrim sport turlaridagi sportchilar qadrli, aynan kimlar ekanligini aytmayman, buni hamma yaxshi bilsa kerak. Qolgan sportchilar esa - ortiqcha yuk.

Biroq o'shandagi emociyalar ichimdagi qarorlardan ko'ra ko'proq edi. O'zbekiston termasidan taklif tushganidan keyin, buni birdaniga qabul qilmadim, yarim yil o'yladim, ko'p narsalarni ko'rib chiqdim. Velosport rahbariyati vakillari bilan uchrashuvdan keyin, o'zimni O'zbekistonda ko'ra boshladim. Ular o'zlarining ajoyib sodiqligi bilan menga juda katta kuch berishdi, shu sababli hech nimani o'ylab o'tirmasdan taklifga ijobiy javob berdim. Hatto barchasini boshqatdan boshlash kerakligini ham o'ylab o'tirmadim. O'sha paytdagi etibor borasida O'zbekistonga teng keladigani yo'q edi.

Endi esa o'tgan 5 yil davomida federaciya anchagina kuchaytdi, sport vazirligi va Olimpiya qo'mitasi orqali yana ikkita juftlik paydo bo'ldi - ayollar o'rtasidagi professional shosse jamoasi. Ayni damda bu jamoa UCI reytingida yuqori o'rinlarda bormoqda, kuchli 20likda yuradi va faqatgina Women’s World Tour jamoalaridangina ortda qolishi mumkin. Hatto ularning birorta texnik homiysi yo'q! Rossiyada bunday bo'lishi mumkin emas. Menimcha, boshqa hech qaysi davlatda.

Rossiyada bo'lmaganimga ancha bo'ldi. Hozir u erda sportga bo'layotgan etibor qandayligini bilmayman ham. Hali ham umid qilishyapti, deb xato qilgan bo'lay. SHunday bo'ldi-ki, Rossiyada gaplashib turadigan insonlarim ham juda kam. Barcha yaqinlarim Kiprda yashashadi. U erda men hayotimning asosiy qismini o'tkazaman va mashg'ulotlar uchun ham juda mos", - dedi Zabelinskaya.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing