So’nggi yangiliklar

16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0

02 iyu 08:09
Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash

Zamonaviy beshkurash “Besh tashabbus harakati”da

Xabaringiz bor, poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “5 tashabbus harakati” minglab yurtdoshlarimizni ommaviy sport targ'iboti yo'lida ham birlashtirdi.

Ushbu tadbir doirasida yo'lga qo'yilgan “Laser-run” tadbirida 2000 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

Zamonaviy beshkurash sportining ajralmas qismlaridan biri bo'lmish mazkur yo'nalish yurtimizda tobora ommalashib bormoqda. Bu haqida O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi ham alohida to'xtalib o'tdi.

«Zamonaviy beshkurashning barcha yo'nalishidan eng qiziqarlisi bu lazerli to'pponchadan o'q otish bilan yugurish hisoblanadi. Ushbu musobaqalar mamlakatimiz yoshlari o'rtasida katta qiziqish uyg'otadi deb o'yladik va adashmadik. Musobaqada nafaqat havaskorlar, balki qatnashchilar oilaviy bo'lib ham ishtirok etishdi. Tashrif buyurgan bir qator maktab o'quvchilari ham o'zaro bellashdilar. SHuningdek, federaciyamizni qo'llab-quvvatlash uchun Ravshan Irmatov, Iroda To'laganova va Server Jeparov kabi o'zbek sportining yulduzlari ham tashrif buyurishdi. Besh kun ichida biz juda ko'p tabassumlarni, quvonchli his-tuyg'ularni, chaqnab turgan ko'zlarni ko'rdik! Bu haqiqatan ham sport bayrami edi. Ushbu keng ko'lamli yoshlar tadbirida qatnashish imkoniyatini taqdim qilgani va uni tashkil etgani uchun mamlakatimiz hukumati va Toshkent shahar hokimiyatiga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman», – dedi federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing