So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

29 iyu 10:38
Yangiliklar

Boshqalar, Suv sporti turlari

Zamonaviy beshkurash. Bugun Markaziy Osiyo kubogi boshlanadi

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha Markaziy Osiyo kubogi musobakasi boshlandi.

Mezbonlardan tashqari Rossiya va Qozog'iston davlatlaridan jami 50dan ziyod kuchli atletlar ishtirok etayotgan mazkur chempionatda O'zbekiston delegaciyasi sportchilari ham o'z imkoniyatlarini sinov o'tkazishyapti.

Xalkaro musobaqada yurtimiz sharafini beshkurashchi Ruslan Mamatqulov ilk bor himoya kiladi. Zamonaviy beshkurash bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston Ochiq chempinatida g'olib bo'lgan Ruslan Mamatqulov musobaqa taqvimiga ko'ra bugun suzish va qilichbozlik bo'yicha o'z mahoratini sinovdan o'tkazadi.


30 iyun kuni esa konkur-ot bilan to'siqlardan sakrash bo'yicha bahslarga kirishadi. SHu kunning o'zida sportchilar kombayn-yugurish va o'q otish bo'yicha ochkolar jamg'arishga kirishadi. Bishkek shahrida o'tkazilayotgan ushbu ochiq chempionatda g'olib bo'lgan beshkurashchilar yakunda Markaziy Osiyo kubogi sohibiga aylanishadi.

O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasidan malum qilishlarcha ushbu turnirdan ko'zlangan asosiy maqsad yurtimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini taminlash, shuningdek federaciyalararo do'stlik aloqalarini mustahkamlashdan iboratdir.

Eslatib o'tamiz, yurtimizda joriy yilning 10 fevral kuni O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi tashkil etilgan edi. Bishkekdagi musobaqa sportchilarimizning xalkaro arenadagi ilk ishtiroki sanaladi.


O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi axborot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing