So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

03 apr 15:19
Yangiliklar

Boshqalar

Zamonaviy beshkurash federaciyasi mutasaddilari masofadan turib samarali ish olib borishyapti + FOTO

Zamonaviy beshkurash federaciyasi rahbariyati mamlakatimiz hukumatining tavsiyalarini inobatga olgan holda, barcha xodimlarni mustaqil ravishda izolyaciya qilishga va masofadan turib ishlash tartibiga o'tishga qaror qildi.

Federaciya xodimlarining zerikishga fursati yo'q. CHunki ular har kuni internetda ishlashyapti va hatto oila davrasiga ham ko'p vaqt ajratishyapti.

Federaciya raisi Bahromjon Gaziev o'z-o'zini yakkalash (samoizolyaciya) vaqtini qanday o'tkazayotgani haqida so'zlab berdi: «Men va oila azolarim hukumatimizning barcha tavsiyalariga amal qilgan holda uyda qolishga qaror qildik. SHunday bo'lsa-da, odatdagi ish rejimida oilam uchun ham kam vaqt ajratayotgan edim. Endi farzandlarim va rafiqam bilan vaqt o'tkazayotganimdan xursandman. Biz tushlik va kechki ovqatni birga tayyorlaymiz, o'yinlar o'ynaymiz, hovlida sport bilan shug'ullanyapmiz, filmlar tomosha qilib, o'qigan kitoblarimizni muhokama qilamiz. Albatta, ish ham ko'p vaqtni oladi. Barcha ishlarimni masofaviy tartibga o'tkazib oldim, hozirda federaciya ishini onlayn kuzatib boryapman. Ishonamanki, biz bor imkoniyatlardan unumli foydalanib, Olimpiadaga tayyorgarlik bosqichini ko'ngildagidek o'tkazamiz. Men barchani uyda qolishga chorlayman! Keling, epidemiya barham topishiga hissa qo'shaylik.”

Federaciya bosh kotibi Kseniya Gulyamova karantinni qanday o'tkazayotgani haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi: «Biz tez va muammosiz masofadan ishlash tartibiga o'tdik. Milliy olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ushbu vaziyatda tezkorlik bilan munosabatda bo'lib, federaciyalarga onlayn ishlash imkoniyatini taqdim etishdi. Sportchilarimizning kundalik mashg'ulotlarini kunu tun kuzatib boramiz. Trenerlar bilan birgalikda karantin bo'yicha o'quv rejasi, shuningdek, Tokio-2020 yo'llanmasi doirasida dekabr oyigacha sportchilarimiz ishtirok etishi kerak bo'lgan xalqaro turnirlar rejasini kelishib oldik. Biz, shuningdek, mavjud vaziyatdan kelib chiqib, jamoa bilan birgalikda federaciyaning 2020 yil uchun yangi ish rejasini tuzmoqdamiz.

Endi ko'p vaqtim ortib qolyapti. Mening 4 nafar farzandim bor, kichigi ikki yoshda. Ovqat pishirish, farzandlarni tarbiyalash, uy yumushlarini bajarish, darslarni tekshirishga vaqtim bor. Bunaqa bo'sh vaqtni faqat orzu qilardim.”

Federaciya xodimlari har bir O'zbekiston fuqarosini uyda qolishga va vaqtlarini foydali o'tkazishga chorlab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing