So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

01 noy 11:48
Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash

Zamonaviy beshkurash yangi o'zgarishlar bo'sag'asida

Zamonaviy beshkurash xalqaro ittifoqi (UIPM) Ijroiya qo'mitasining ko'plab azolari 2024 yilda Parijda bo'lib o'tadigan Yozgi Olimpiya o'yinlari uchun ushbu sport musobaqalarining yangi shaklini taqdim etishni yoqlab ovoz berishdi.

Yangi shakl 90 daqiqalik turnir tarzida bo'lib, Olimpiya tizimida (mag'lub musobaqani tark etadigan format) shaklida o'tkaziladi. UIPMning bayonotida bahslarning umumiy davomiyligini qisqartirish va bellashuvlarning jo'shqinligini kuchaytirish maqsadi ko'zlangani aytilgan.

UIPM prezidenti Klaus SHormann qabul qilingan bu qarorni quyidagicha sharhladi:

“Biz uzoq tarixiga ega sevimli sportimizning yangi davri bo'sag'asida turibmiz. Zamonaviy beshkurash Olimpiya o'yinlarida dastavval besh kunlik musobaqalar tarzida o'tardi. Atlantada (1996) bir kunlik musobaqalar shaklida o'tgan bo'lsa, Londonda (2012) biz lazerli o'q otishni yugurish bilan birlashtirdik. Tokiodan (2020) bitta besh kurash stadionida sportimizning hamma turlari bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi. Endi esa hamjamiyatimizning barcha bo'limlari, XOQ, Parij-2024 Tashkiliy qo'mitasi va Olympic Broadcast Services (OBS) bilan ikki yil davomida ushbu masalani muhokama qilgandan keyin zamonaviy beshkurash musobaqalarining mutlaqo yangi – 90 daqiqalik shaklini taqdim etishga tayyormiz.

UIPMning prezidenti sifatida butun dunyodagi hamjamiyatimizga ushbu loyihani qo'llab-quvvatlaganlaridan minnatdorman. UIPM Ijroiya qo'mitasi yana bir bor innovaciyalarga sodiqligini namoyish etdi va biz siz bilan XOQga zamonaviy beshkurash musobaqalarining yangi shaklini, shuningdek, 2024 yilda Parijdagi yozgi Olimpiya o'yinlariga aralash estafeta yo'nalishini kiritish taklifini berishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing